So’nggi yangiliklar

00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  1 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  0 23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  3 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  2 21:28"Хоразм" августдан бошлаб уй ўйинларини вақтинча Олмалиқда қабул қилади  6 20:57Шкриньяр "Фенербахче" билан 4 йиллик шартнома имзолайди  1 20:21"Пахтакор" ва "Локомотив" ўртасидаги назорат ўйинида тўртта гол урилди  4 19:57"Нефтчи" футбол клубининг қароргоҳида очилиш маросими бўлиб ўтди  15 19:28Рэшфорд "Барселона"га ўтиш арафасида  6 18:55"Реал" икки футболчи билан шартномани узайтирмоқчи  0 18:25Муҳаммадали Ғиёсов "Нефтчи" билан хайрлашди  6 17:50"Манчестер Сити" юлдузи "Галатасарой"га ўтиши мумкин  0 17:15"Реал" Родригони 100+ млн еврога сотишга тайёр. Футболчига АПЛнинг икки клуби қизиқиш билдирмоқда  13

Ronaldu primeraning eng yaxshi o'yinchisi, Simeone eng yaxshi murabbiy Yangiliklar

Ronaldu primeraning eng yaxshi o'yinchisi, Simeone eng yaxshi murabbiy

Ispaniyada 10 ta nominaciya bo'yicha o'tgan mavsumning eng yaxshilari aniqlandi va taqdirlandi.
“Real” hujumchisi Krishtianu Ronaldu Ispaniya chempionati-2013/14ning eng yaxshi to'purari bo'ldi.



Bundan tashqari, 29 yashar portugaliyalik iqtidor egasining “Valensiya” darvozasiga kiritgan goli mavsumning eng chiroyli goli deb ham topildi. Bu hali hammasi emas. Krishtianu Ronaldu o'tgan mavsumning eng yaxshi futbolchisi ham bo'ldi.

Mavsumning eng yaxshi murabbiyi sifatida Madridning “Atletiko” klubi bosh murabbiyi Diego Simeone tan olindi. Argentinalik mutaxassis o'tgan mavsum “Atletiko”ni Ispaniya chempioniga aylantirgandi.



CHempionatning eng yaxshi afrikalik futbolchisi deb o'tgan mavsum Granadada o'ynagan hozir Portuda to'p tepayotgan Yasin Braimi, eng yaxshi janubiy amerikalik deb Sevilya hujumchisi Karlos Bakka topildi.



Himoyaga ixtisoslashgan yarim himoyachilar orasida Luka Modrich (Real) tengsiz bo'ldi, Andres Inesta (Barselona) esa eng yaxshi hujumkor yarim himoyachi deb tan olindi.



2013/14 yilgi mavsumning eng yaxshi darvozaboni deb ayni paytda Realda, o'tgan mavsum esa Levante darvozasini qo'riqlagan Keylor Navas deb topildi. Serxio Ramos o'tgan mavsumning eng yaxshi himoyachisi bo'ldi.



Real Sosedad feyr-pley sovriniga ega bo'ldi. Futbolchilar orasida bu sovringa Barselona yarim himoyachisi, o'tgan mavsum Sevilyada o'ynagan Ivan Rakitich sazovor bo'ldi.



Rafael Alkantara (Selta, Barselona) Mavsum kashfiyoti deb tan olindi.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика