Ronaldu multfilm superqahramoniga aylanadi
10 may 2018 16:16
Yangiliklar
Ronaldu multfilm superqahramoniga aylanadi
"Real" forvardi Krishtianu Ronaldu o'zini yangi sohada - kino sanoatida sinab ko'rmoqchi.
Futbolchi ikki yangi loyihaga qo'l urgan va ularning birida o'zi ham rol o'ynaydi.
Birinchi loyiha multfilm bo'lib, unda "Real" yulduzi superqahramonga aylanadi. Multfilm Striker Force 7 deb nomlanadi, uning syujeti ustida SHarad Devarjan va futbolchining o'zi ishlagan.
Ikkinchi loyiha bilan Facebook Watch kompaniyasi shug'ullanadi va bu ko'p seriyali drama bo'lishi kutilmoqda. Ronaldu prodyuserlardan biri bo'ladi. Serial Nyu-York shimolidagi shtatidagi ayollar futbol jamoasi haqida bo'ladi.
Fikrlar