So’nggi yangiliklar

10:44"Манчестер Юнайтед" Германия терма жамоаси ҳужумчисини нишонга олди  0 09:53Месси шарафига "Камп Ноу"да унинг ҳайкали ўрнатилади  2 09:26Португалия терма жамоаси устози Роналдунинг қизили ҳақида фикр билдирди  7 09:20Испания терма жамоасининг собиқ бош мураббийи: "Бундай хатти-ҳаракатлари билан Ямал чўққида узоқ туролмайди"  3 09:00Мбаппе ушбу натижага эришган тарихдаги иккинчи футболчи  1 08:32Португалия ЖЧ-2026 га чиққан тақдирда Роналду биринчи турни ўтказиб юборади  2 08:06"Ал Айн Кубоги". Бугун терма жамоамиз Салоҳ бошчилигидаги Мисрга қарши баҳс олиб боради  5 07:41ЖЧ-2026 саралаши. Африка қитъасида ярим финал учрашувлари бўлиб ўтди  0 02:42ЖЧ-2026 саралаш. Италия имкониятни сақлаб қолди, Франция ҳал қилди, Роналду қизил олди ва бошқа натижалар  18 01:26Оскар фаолиятини якунлаши мумкин  1 00:54"Бавария" Нойер билан шартномани узайтирмоқчи  0 00:38Камавинганинг ҳолатига бугун баҳо берилади  0 00:13U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон Хорватияга қарши ўйинга тайёргарликни давом эттирмоқда  1 23:57ЖЧ-2026 саралаши. Норвегиядан йирик ғалаба, Холанддан дубль ва мавсумдаги 30-гол  3 23:32ЖЧ-2026 саралаши. "Омадсиз"лар дербисидаги биринчи ўйинда дуранг  3

Ronaldu Messining "Oltin to'p"ga loyiq ko'rilgani va Krishtianu sovrin uchun kurashishi mumkinligi haqidagi postga izoh qoldirdi Yangiliklar

Ronaldu Messining "Oltin to'p"ga loyiq ko'rilgani va Krishtianu sovrin uchun kurashishi mumkinligi haqidagi postga izoh qoldirdi

"Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronaldu Instagramda PSJ hujumchisi Lionel Messi g'olib deb topilgan "Oltin to'p-2021" marosimi natijalari haqidagi postga izoh qoldirdi.

Portugaliyalik futbolchining muxlislari tomonidan ochilgan akkauntda Ronalduning bu yilgi yutuqlari, Krishtianuning ovoz berishda 6-o'rinni egallashi, shuningdek, Messining "Oltin to'pi" "talon-tarojlik va sharmandalik" ekanligi haqida hikoya qiluvchi post chop etildi.

Ronaldu postga shunday izoh qoldirdi: "Fakt".

Postda shunday so'zlar yozilgan:

"Krishtianu Ronaldu ushbu yilda: Italiya kubogi, Italiya Superkubogi, Evropa chempionati to'purari, Italiya chempionati to'purari, "Yuventus"ning 2020/21 yilgi mavsumdagi to'purari, "Manchester Yunayted"ning 2021/22 yilgi mavsumdagi to'purari. SHuningdek, rasmiy o'yinlardagi gollar soni bo'yicha futbol tarixidagi eng yaxshi to'purarga aylandi, terma jamoalar tarixidagi eng yaxshi to'purarga aylandi, Evropa chempionati tarixidagi eng yaxshi to'purar va eng yaxshi assistentga aylandi.

Bir yilda 43 gol, CHempionlar ligasining 5 o'yinida 6 gol, hammasi hal qiluvchi va bu yigit yoshidan qati nazar, mo'jizalar yaratishda va dunyoni hayratda qoldirishda davom etmoqda. Vaholanki, uni 6-o'ringa loyiq ko'rishdi... Haqiqatan ham, bu yil 5 nafar futbolchi undan zo'r o'yin namoyish qildi deb o'ylaysizmi? Aslo.

Ronaldu ushbu sovrin uchun xotirjamlik bilan kurashishi mumkin edi va Levandovski bilan kurash yaxshi kechardi. Individual jihatdan Robert aql bovar qilmas darajada va "Bavariya" "Yuventus"dan yaxshiroq mavsum o'tkazdi, ammo milliy jamoadagi darajada Ronaldu yaxshiroq edi.

Sovrinni kim qo'lga kiritdi? "Barselona" bilan faqat Ispaniya kubogini qo'lga kiritgan Messi, u Krishtianu ketganidan beri "Real" darvozasiga gol urmadi, mavsumning asosiy o'yinlarida yo'qolib qoldi, har to'rt yilda bir marta o'tkazilishi kerak bo'lgan, ammo deyarli har yili o'tkazilayotgan Amerika kubogini qo'lga kiritdi. Finalda ham, yarim finalda ham gol ura olmadi hamda PSJda qoniqarsiz mavsumni o'tkazmoqda.

Krishtianu bu sovrinni qo'lga kiritishga 300 foiz loyiq edi. Messi esa buning aksi. U oddiy mavsum o'tkazishi mumkin, biroq doimo unga sovrinni topshirish yo'lini topadilar.

"Bu talon-tarojlik va sharmandalik". Kim "Oltin to'p"ga munosib ekanini aqlli odamlar tushunib turibdi. Noto'g'ri mukofot olish - bu yolg'ondakam baxt.

Ronaldu har doim tarixda eng zo'r bo'lib qoladi!"

Reyting: +32   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика