Ronaldu jarima zarbalaridan urilgan gollar soni bo'yicha tarixdagi eng yaxshilar o'nligiga kirdi
19 mar 2023 07:35
Yangiliklar
Ronaldu jarima zarbalaridan urilgan gollar soni bo'yicha tarixdagi eng yaxshilar o'nligiga kirdi
Saudiya Arabistoni chempionati 21-turida “Al Nassr” qiyinchilik bilan “Abha”ni 2:1 hisobida taslim etishga erishdi.
Uchrashuvda Krishtianu Ronaldu chamasi 25 metr uzoqlikdan raqib darvozasini ishg'ol etib, muvozanatni tikladi. Portugaliyalik 2022 yil 16 apreldan beri ilk bor (MYUning “Norvich”ga qarshi o'yinida) jarima zarbasidan gol urdi va bu borada umumiy kiritgan to'plari sonini 59 taga etkazib oldi. 38 yoshli forvard mazkur natija bo'yicha tarixdagi eng yaxshilar o'nligiga kirdi.
Jarima zarbasidan eng ko'p gol urgan futbolchilar:
1. Junino Pernambukano – 77;
2. Pele – 70;
3-4. Viktor Legrotale – 66;
3-4. Ronaldino – 66;
5. Devid Bekxem – 65;
6-7. Diego Maradona – 62;
6-7. Ziko – 62;
8. Messi – 61;
9. Ronald Kuman – 60;
10... Krishtianu Ronaldu, Rojerio Seni, Marselino Karioka – 59 tadan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади
Fikrlar