Ronaldu bir necha bor "Real"dan ketganiga pushaymon bo'lgan
02 jan 2023 21:11
Yangiliklar
Ronaldu bir necha bor "Real"dan ketganiga pushaymon bo'lgan
"Al Nassr" hujumchisi Krishtianu Ronaldu "Real"dan "Yuventus"ga o'tganidan ko'p marta pushaymon bo'lgan.
Manbaning xabariga ko'ra, 37 yoshli futbolchi hech qachon Turinda Madriddagidek baxtli bo'lmagan. Bir necha oy davomida portugaliyalik forvard o'zini juda yomon his qilgan va "Yuventus"ga o'tganidan afsuslangan.
Qayd etilishicha, hujumchi "Yuventus"dan batamom charchagach, MYUga o'tgan.
Eslatib o'tamiz, Ronaldu 2009 yildan 2018 yilgacha "Real"da o'ynagan, keyin "Yuventus"ga o'tgan va 2021 yilda "Manchester Yunayted" bilan shartnoma imzolagandi.
2022 yilning dekabr oyi oxirida hujumchi Saudiya Arabistonining “Al Nassr” klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi.
Futbolchining so'nggi jamoasi "Manchester Yunayted" edi. Krish jurnalist Pirs Morgan bilan shov-shuvli intervyudan so'ng ingliz jamoasini tark etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Fikrlar