“Roma” va “Valensiya” o'zaro hujumchi almashmoqchi
30 jan 2022 08:25
Yangiliklar
“Roma” va “Valensiya” o'zaro hujumchi almashmoqchi
Bu haqda “La Gazzetta dello Sport” xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, “ko'rshapalaklar” hujumchisi Gonsalu Gedesh “Roma”ga yo'l olishi mumkin. Qarama-qarshi yo'nalishda esa “Roma” fordvardi Karles Peres “Valensiya” o'tadi.
Gedesh 2018 yildan beri “Valensiya” sharafini himoya qilmoqda va uning xizmatlariga rimliklar ustozi Joze Mourinyuning shaxsan o'zi qiziqish bildirmoqda. Portugaliyalikning klubi bilan amaldagi shartnomasi 2023 yil yozida o'z yakuniga etadi. Futbolchining transfer narxi esa 30 mln evroga baholanmoqda.
Peres 2020 yil 12,5 mln evro evaziga “Barselona”dan “bo'rilar” safiga o'tgan. Uning klub bilan kelishuvi 2024 yil 30 iyuniga qadar tuzilgan. Ispaniyalikning hozirgi transfer narxi esa 7 mln evroga baholangan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади
АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпул"ни йирик ҳисобда таслим этди, Ҳусанов эса...
Fikrlar