"Roma" Mxitaryanga maoshi qisqartirilgan holda ikki yillik shartnoma taklif qilmoqchi
14 mar 2022 20:32
Yangiliklar
"Roma" Mxitaryanga maoshi qisqartirilgan holda ikki yillik shartnoma taklif qilmoqchi
"Roma" yarim himoyachisi Genrix Mxitaryanga tez orada yangi shartnoma taklif qilinadi.
Manbaning xabariga ko'ra, klub rahbariyati armanistonlik futbolchiga ikki yillik shartnoma taklif qiladi, Mxitaryanning maoshi esa kamayadi. Hozirda 33 yoshli futbolchi yiliga 4 million evro oladi, yangi bitimda uning maoshi ikki barobarga kamayadi.
Joriy mavsumda Mxitaryan jamoa safida barcha turnirlarda 34 ta o'yin o'tkazib, 3 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Fikrlar