"Roma" Loftus-CHikni qo'lga kiritmoqchi
20 apr 2022 20:21
Yangiliklar
"Roma" Loftus-CHikni qo'lga kiritmoqchi
Londonning "CHelsi" klubi yarim himoyachisi Ruben Loftus-CHik Italiyaning "Roma" klubi qiziqishlari doirasida turibdi.
Daily Mail xabariga ko'ra, rimliklar bosh murabbiyi Joze Mourino angliyalik futbolchini markaziy zonani kuchaytirish uchun ajoyib variant sifatida ko'rmoqda.
Xabarga ko'ra, futbolchining xizmatlariga Angliya chempionatining 3 ta klubi ham qiziqish bildirmoqda. Gap futbolchi 2017/18 yilgi mavsumda ijara asosida o'ynagan "Kristal Pelas", shuningdek, "Vest Xem" va "Everton" klublari haqida ketmoqda.
Eslatib o'tamiz, "Roma" o'tgan yozda "CHelsi"ning yana bir tarbiyalanuvchisi Temmi Abrahamni sotib olgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar