So’nggi yangiliklar

01:15"Қизилқум" ўз футболчиси билан шартномани узайтирди  0 00:25“Навбаҳор”: Бенжамин Тейди билан шартнома узайтирилди  0 23:58"Динамо" Фрайдей билан хайрлашди  1 23:31АПЛ. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда "Астон Вилла"га мағлуб бўлди  23 23:24Бундеслига. Сенсация қайд этилмади, "Бавария" меҳмонда йирик ғалабага эришди  0 23:01"Навбаҳор" Мирсаидов билан шартномани узайтирди  2 22:50"Бухоро": Александр Хомяков билан ҳамкорлик давом эттирилади  6 22:28Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди  78 21:41Флорентино Перес Клоппни "Реал"ни бошқаришга кўндирмоқчи  10 21:00Мастантуоно “Реал”дан кетиши мумкин?!   2 20:08БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" 5 та гол урилган ўйинда ўйинда мағлубиятга учради, Ғаниевдан ассист  4 19:55Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Жирона"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 19:01ОФК Миллатлар лигаси ташкил этилмоқда  20 18:32Мауро Икардига Ла Лиганинг икки клуби даъвогарлик қилмоқда  4 17:58"Реал" "Бавария" юлдузини ўз сафига қўшиб олмоқчи. Мадридликларнинг бу борада икки рақиби бор  1

“Roma”, katta rahmat senga! Yangiliklar

“Roma”, katta rahmat senga!

Teglar :  Roma
Hozirgina “shalpanquloq” kubok uchun 26 may kuni “Qirollik klubi”ga qarshi finalda maydonga tushadigan klub nomi malum bo'ldi

Kecha, 1 may sanasida Evropa CHempionlar Ligasida 2017-2018 yilgi mavsumning dastlabki finalchisi nomi malum bo'ldi. “Real” qatorasiga 3-marta klublar o'rtasidagi Evropaning eng nufuzli musobaqasi finaliga chiqishga erishdi. Zidan “Real” bilan erishish mumkin bo'lgan sovrinlarning deyarli barchasiga 2 yilda ega chiqdi. Ayni yozg'ichlarimiz esa Zidan va uning “Real”i haqida emas.


Hozirgina “shalpanquloq” kubok uchun 26 may kuni “Qirollik klubi”ga qarshi finalda maydonga tushadigan klub nomi malum bo'ldi. Yarim finalning dastlabki o'yinida o'zining sobiq o'g'loni, misrlik azamat — Muhammad Salohdan tarsaki qabul qilib olgan rimlik “bo'rilar” o'z uyida “Liverpul”ga qarshi javob o'yinida maydonga tushdi. CHorak finaldayoq boshdan baland sakragan “Roma” o'z ertagini yarim finalga kelib yakunladi. Aniqrog'i, yakunlashga majbur bo'ldi. Bu bilan “Roma” “Liverpul”dan kuchsiz o'ynadi yoki kuchsiz bo'lganligi sababdan musobaqadagi ishtirokini to'xtatdi deyishdan o'zimizni yiroq tutamiz. Zero, “bo'rilar” bugun (ha, bugun) birinchi yarim final juftligidagi jamoalarga (ha, to'g'ri “Real” va “Bavariya”ning hozirgi darajasi “Roma”dan ham “Liverpul”dan ham yuqori) qaraganda kuchli va jozibali o'yin ko'rsatdi. Ammo buning o'zi finalga chiqish uchun etarli bo'lmadi. 

Bunga asosiy sabab esa “Liverpul”ning qoyilmaqom triosi — Saloh, Firmino, Mane hamda jamoadagi finalga chiqish ishtiyoqi. Ishtiyoq bu juftlikdagi hamma narsani hal qildi. Ishtiyoq Salohni “CHelsi” zaxira o'rindig'idan Evropa CHempionlar Ligasi finaliga qadar etakladi. Ishtiyoq tufayli Muhammad elkasida “mersisayd” klubini nufuzli musobaqaning finaliga olib chiqdi. Ha, o'sha ishtiyoq tufayli “Roma” Messi va uning “Barselona”sini yarim finalni televizorda ko'rishga majbur qilgandi. Ammo “Roma”ga biroz etmadi. “Roma” birinchi o'yindagi mag'lubiyat uchun javob berdi.

SHu o'rinda “Roma”ga katta rahmat aytmoqchiman, ko'rsatgan o'yini va rimona jangchilarga xos irodasi uchun. Tik turgan holda shlyapamni(aslida, shlyapam yo'q) echaman. Yarim finalda o'ynasangiz, “Bavariya” yoki “Real”dek o'ynamang! O'ynasangiz “Roma”dek, o'ynasangiz “Liverpul”dek o'ynang. O'ynasangiz, futbol jozibasi uchun o'ynang. Futbol muxlislari uchun o'ynang. Nima bo'lganda ham bugungi o'yin uchun “Roma”ga katta tashakkur!

Futbol shunday, “Roma” kabi jamoalarning jozibali o'yini, “Real”dek jamoalarning fantastik natijalari tufayli ham futbol millionlar o'yini. SHunday ekan, do'stlar, bugundan 26-may kuni “Liverpul” — “Real” o'rtasidagi super to'qnashuvni ilhaq bo'lib kutishni ochiq deb elon qilamiz. Tajriba va ishtiyoq, Ronaldu — Saloh kurashini ko'rish qiziqarli, juda qiziqarli bo'ladi. Ishonavering!!!

Ungacha esa hech narsa hal qilmaydigan “El-Klasiko” bilan o'zimizni ovutib turamiz!

Muallif :
Reyting: +41   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика