So’nggi yangiliklar

23:49Месси фаолиятидаги энг севимли голини айтди  1 23:14Бэйл: "Тоттенхэм" қарғишдан қутулди"  2 22:44Расман: "Барселона" Рафинья билан шартномани узайтирди  1 22:11Родриго "Реал"дан кетишни истамаяпти  1 21:41Европа лигасининг мавсум футболчиси ва рамзий термаси эълон қилинди  0 21:27Суперкубок чипталари 23 май куни сотувга чиқарилади  7 20:59Деку: "Ямалга ПСЖ қизиқиш билдирди, "Реал" эса йўқ"  4 20:14Хайр, афсона! Лука Модричнинг "Реал"дан кетиши маълум қилинди  19 20:01"Челси" Экитике трансфери бўйича музокаралар олиб бормоқда  0 19:38Йорк "Манчестер Юнайтед"ни Мартинесни сотиб олишга чақирмоқда  6 19:10"Ал Ҳилол" АПЛнинг таниқли мураббийига қизиқмоқда  2 18:43Германия терма жамоаси Миллатлар Лигасининг "Тўртлик финали" учун таркибини эълон қилди  16 18:19"Милан"нинг янги мавсум либоси намойиш этилди  1 17:50Осимхен "Ювентус"ни рад этди. АПЛнинг 2 та клуби уни трансфер қилмоқчи  1 17:26"Қўқон-1912" "Қизилқум"дан устун келган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0

A Seriya. Mourinyu SHomurodovni maydonga tushirmadi va "Roma" o'z maydonida "Jenoa"ni mag'lub eta olmadi Yangiliklar

A Seriya. Mourinyu SHomurodovni maydonga tushirmadi va "Roma" o'z maydonida "Jenoa"ni mag'lub eta olmadi

Italiya chempionati 24-tur doirasidagi "Roma" - "Jenoa" o'yini yakuniga etdi.

Roma

Serie A . 24-tur

05/02/2022, 19:00

0
:
0
Tugadi

Genoa

Stadion: Stadio Olimpico, Rome, 29863 tomoshabin

Bosh hakam: Rosario Abisso

45'
90'
35'  Gianluca Mancini
57'  Ainsley Maitland-Niles (Felix Afena-Gyan)
57'  Sergio Oliveira (Stephan El Shaarawy)
71'  Rick Karsdorp (Jordan Veretout)
90'  Nicolo Zaniolo
90'  Nicolo Zaniolo
90'  Tammy Abraham
90'  Nicolo Zaniolo
25'  Zinho Vanheusden
45'  Mattia Bani (Leo Oestigard)
56'  Kelvin Yeboah (Nadiem Amiri)
56'  Mattia Destro (Roberto Piccoli)
69'  Leo Oestigard
71'  Manolo Portanova (Nikola Maksimovic)
71'  Caleb Ekuban (Filippo Melegoni)
79'  Johan Vasquez


"Roma" – "Jenoa" 0:0 (0:0, 0:0)

"Stadio Olimpiko"

"Roma" – Ruy Patrisiu, Karsdorp (Veretu, 71), Smolling, Manchini, Rojer, Meytlend-Naylz (Afena-Gyan, 57), Mxitaryan, Serjiu Oliveyra (El-SHaaravi, 57), Kristante, Dzanolo, Abraxam.

"Jenoa" – Sirigu, Xefti, Bani (Estigor, 45), Vanxoysden, Vaskes, Badel, Sturaro, Portanova (Maksimovich, 71), Destro (Pikkoli, 57), Ekuban (Melegoni, 71), Yeboa (Amiri, 57).

Ogohlantirishlar: Vanxoysden (25), Manchini (35), Vaskes (79), Dzanolo (90), Abraxam (90).

CHetlatishlar: Estigor (68), Dzanolo (90).


UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90+4. Zanolo yana egoistik fintini takrorlashga urinib ko'rdi. Ammo bu safar o'xshamadi. Futbolchi qizil kartochka olishga ham ulgurdi. 

90+3. Gol bekor bo'lishi mumkin, hakam VAR orqali golni ko'rdi va uni bekor qildi. GOL HISOBGA OLINMADI.

90+1. GOOOOOOOOLLLLLL! ZANOLO!!!!! Egoistlarning goli bo'ldi, ammo Mourinyu shunisiga ham shukr qilyapti. Zanolo to'pni raqib jarima maydonchasi oldida qabul qildi va o'ng qanotdan markazroqqa surilib, qiyinchilik bilan zarba berdi va uzoq kutilgan golga muallif bo'ldi.

90. Stefan yana bir bor so'zlarimni isbotladi.

87. El SHaaravi oyog'iga to'p kelishi bilan zarba berishga harakat qilyapti, kallani ishlatish haqida esa o'ylagani yo'q.

84. "Roma" bir kishi ko'pdek ko'rinmayapti, "Jenoa" vakillari himoyada tartibli o'yin ko'rsatib, raqib hujumlarini bartaraf etishmoqda.

82. Hozirgi "Roma" jamoa emas, yulduzlar jamlanmasiga o'xshab ko'rinyapti. Futbolchilar pas berishdan ko'ra, o'zi aldab o'tishni maqul ko'rishmoqda.

77. Vaqt yakuniga etib boryapti, goldan esa darak yo'q. Mourinyu bahsni havotirda kuzatmoqda.

74. Burchakka yaqin nuqtadan to'p "Jenoa" maydonchasiga uzatildi, Smolling esa to'pga zarba bera olmadi.

71. "Roma"da o'zgarish: Veretu Karsdorp o'rniga maydonga tushdi.

68. QIZIL KARTOCHKA! "Jenoa" futbolchisi so'nggi himoyachi sifatida Afenani to'xtatishga urinib, uni minib oldi.

66. "Roma" vaziyat ketidan vaziyat yaratayapti, ammo ulardan foyda chiqara olmayapti.

62. ZARBAAA... Zaxiradan o'yinga qo'shilgan Afena juda kuchli zarba berishga muvaffaq bo'ldi, ammo noaniq.

60. Zanolo 11 metrlik nuqta ustidan (penalti emas) "Jenoa" darvozasiga zarba berdi, ammo to'p darvoza ustidan o'tib ketdi.

57. "Roma" safida o'zgarish: El SHaaravi va Afena maydonga tushishdi, Oliveyra hamda Naylzlar zaxiraga olindi.

55. Ikkinchi bo'limda ko'proq Mxitaryan "Roma" hujumida faollik ko'rsatyapti. ZARBAAAA... Smollingning bosh bilan bergan zarbasidan so'ng to'p darvoza ustidan o'tib ketdi.

48. "Jenoa" huddi birinchi bo'limdagidek taymning dastlabki 20 daqiqasini faol o'tkazadigan ko'rinadi. "Roma" esa ehtiyotkorlik bilan harakat qilmoqda.

46. Jamoalar maydonga qaytishdi, tribunada Italiya terma jamoasi Roberto Manchini ko'rinish berdi.

------------------------------------------------

45. Birinchi bo'lim yakunlandi! Ikkinchi bo'limda Eldor SHomurodov maydonga tushib, sobiq jamoasini ranjitadi degan umidda tanaffusga yo'l olamiz.

44. "Roma"ning hujumlari xavfli ko'rinish olmoqda, ammo so'nggi aniq zarbani beradiganlar topilmayapti.

41. Birinchi bo'lim oxirida "Roma"ning hujumlari soni sezilarli darajada oshdi, ammo Sirigu raqibning umidlarini chipakka chiqarmoqda.

40. Oliveyra yana bir bor raqib darvozasiga xavf soldi, bu safar to'p to'rga tegdi, ammo tashqaridan.

39. Abraxaaaaam... Meytlend Naylz to'pni Temmiga etkazib bergandi, hujumchi darvozaga noqulay turgani uchun tuzukroq zarba bera olmadi va to'p qaytarildi. Ën hakam esa bayroqsachini ko'tarib turgan ekan. 

34. Serxio Oliveyra jarima zarbasi orqali hisobni ochishga harakat qildi, "Jenoa" posboni Salvatore Sirigu ishonchli o'ynab, to'pni egallab oldi.

32. Mxitaryan raqib jarima maydonchasi chizig'i ustidan "Jenoa" darvozasini ishg'ol qilishga urindi, har doimgidek himoyachilar to'pni qaytarib yuborishdi.

26. Smolling standartdan qaytgan to'pni darvozaga yo'llashga urindi, ammo to'p yo'liga himoyachilar to'g'anoq bo'lishdi.

22. Ushbu o'yinni stadionda "Roma" afsonasi Franchesko Totti kuzatib bormoqda.

21. "Jenoa" navbatdagi xavfli vaziyatni yuzaga keltirdi, ammo "Roma" himoyachilari yaxshi o'ynashdi.

19. "Roma"ning hujumdagi ishlari yurishmayapti, yarim himoya vakillari hujumchilarga tuzukroq vaziyat yaratib bera olishmayapti.

14. Rui Patrisiu so'nggi bir daqiqa ichida asosiy rolda bo'ldi. U ikki marta raqiblarning zarbalarini qaytarishga muvaffaq bo'ldi.

11. O'yin tempi juda past, "Roma" raqibni o'rganishda davom etyapti.

6. Hozircha kichik usutnlik kutilganidek "bo'rilar" tomonida.

2. Evropada mavsumning asosiy qismi start oldi va Eldor SHomurodov o'zini yaxshiroq ko'rsatishi kerak. Aks xolda kelasi mavsumni "Roma"dan kuchsizroq bo'lgan jamoada o'tkazishi mumkin.

1. Uchrashuv boshlandi.

- Jamoalar maydonga chiqib kelishdi.

- Eldor SHomurodov sobiq jamoasiga qarshi bahsni zaxirada boshlaydi.


"Roma": Ruy Patrisiu, Karsdorp, Smolling, Manchini, Rojer, Meytlend-Naylz, Mxitaryan, Serjiu Oliveyra, Kristante, Dzanolo, Abraxam.

"Jenoa": Sirigu, Xefti, Bani, Vanxoysden, Vaskes, Badel, Sturaro, Portanova, Destro, Ekuban, Yeboa.


A SERIYA TURNIR JADVALI


Reyting: -50   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика