"Roma" Jakani sotib olishga yana bir bor urinib ko'radi
09 fev 2022 20:04
Yangiliklar
"Roma" Jakani sotib olishga yana bir bor urinib ko'radi
Rim klubi yozda "Arsenal" yarim himoyachisi Granit Jakani qo'lga kiritmoqchi.
Italiya klubi o'tgan yozda shveycariyalik bilan kelishuv tuzishga yaqin kelgandi, ammo yakunda Jaka "kanonirlar" bilan yangi shartnoma imzolagan edi.
Xabarga ko'ra, "Roma" va Granit vakillari o'rtasida yangi muzokaralar bo'lmagan, biroq futbolchi shu yozda taklif tushsa, Italiyaga ko'chib o'tishga tayyor.
"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourinyu Jakaning ashaddiy muxlisi va u o'yinchining A Seriyaning boshqa etakchi jamoalaridan keyin o'rin olgan jamoaga ruhiy mustahkamlik qo'shishiga ishonadi.
"Arsenal"ning boshqa bir azosi Eynsli Meytlend-Naylz allaqachon rimliklar safida to'p tepmoqda. U mavsum oxirigacha "Roma"da ijarada o'ynaydi, yozda esa klubning doimiy futbolchisiga aylanishi mumkin.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади
АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпул"ни йирик ҳисобда таслим этди, Ҳусанов эса...
Fikrlar