“Roma“ hujumchisiga Turkiya grandlari qiziqish bildirmoqda
15 may 09:53
Yangiliklar
“Roma“ hujumchisiga Turkiya grandlari qiziqish bildirmoqda
Joriy mavsumni ijara asosida “Milan“da o'tkazayotgan Temmi Abraxamga Turkiya grandlari qiziqish bildirmoqda.
Transfer huquqi “Roma“ga tegishli bo'lgan hujumchiga “Fenerbaxche“ va “Beshiktosh“ jiddiy qiziqish bildirmoqda. O'z o'rnida rimliklar 27 yoshli hujumchini yaxshi summaga sotib yuborishga tayyorligini malum qilgan.
Temmi Abraxam joriy mavsum “Milan“ safida 45 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 10 gol va 7 ta golli uzatma bor. Futbolchining “Roma“ bilan tuzgan shartnomasi 2027 yilning yozida yakunlanadi. Transfermarkt nashri ingliz futbolchisini 15 million evroga baholagan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Fikrlar