So’nggi yangiliklar

06:46Суперлига. Бугун ўзбек Эл Классикоси бўлиб ўтади  2 01:46Бундеслига. Тен Хагсиз қолган "Байер" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  0 01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  1 00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  1 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  1 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  4 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  9 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  36 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  5

Rojerio Mikale: "Misrliklarning jangovar ruhi O'zbekistonni mag'lub etishda hal qiluvchi rol o'ynadi" Yangiliklar

Rojerio Mikale: "Misrliklarning jangovar ruhi O'zbekistonni mag'lub etishda hal qiluvchi rol o'ynadi"

Olimpiya o'yinlari 2-turi doirasida O'zbekistonga qarshi o'yindan so'ng Misr bosh murabbiyi Rojerio Mikale o'z fikrlarini bildirdi.

"Misrliklarning jangovar ruhi O'zbekistondek kuchli jamoani mag'lub etishda hal qiluvchi rol o'ynadi.

O'zbekiston terma jamoasi ajoyib avlodga ega. Ular 4 yildan beri turnirga tayyorgarlik ko'rishdi, ularda kuchli ligalarda to'p tepadigan bir guruh professional futbolchilar mavjud.

SHunga qaramay, biz kuchli o'yin namoyish qildik va Olimpiadaning keyingi bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritish yo'lida muhim va kerakli 3 ochkoni qo'lga kiritdik.

Dominikan Respublikasi va O'zbekistonga qarshi o'yinlarda bazi qiyinchiliklarga duch keldik, ammo o'yinchilardagi jasorat mag'lubiyatga uchrashga yo'l qo'ymadi. Birinchi turdan so'ng bizda bosim bor edi, O'zbekistonga qarshi o'yindan so'ng buni bartaraf etdik.

Oldinda Ispaniyaga qarshi qiyin o'yin kutib turibdi, chunki raqib kuchli, uyushqoq va tezkor jamoa hisoblanadi.

Kurashni davom ettiramiz, o'z orzularimiz sari olg'a boramiz va turnir so'ngiga qadar etib borishga harakat qilamiz", - dedi braziliyalik mutaxassis.

Eslatib o'tamiz, Misr terma jamoasi ikki turdan so'ng 4 ochko egallagan holda guruhda 2-o'rinni egallab turibdi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика