Rodrigo: "Real" futbolchilari La Ligada g'olib chiqish uchun astoydil harakat qilishmoqda"
22 may 2020 23:39
Yangiliklar
Rodrigo: "Real" futbolchilari La Ligada g'olib chiqish uchun astoydil harakat qilishmoqda"
"Real" yarim himoyachisi Rodrigo Goes mavsum tiklanish jarayoniga tayyorgarlik ko'rmoqda.
"Birinchi haftada biz yakka tartibda mashq qildik, ammo endi jamoaviy ishlashimiz mumkin. Endi bizda uzatmalarni amalga oshirish va darvoza tomon zarba berish imkoniyati bor. Endilikda asta-sekin odatiy hayotga qaytmoqdamiz.
Men karantin davrida uyda mashq qildim, qo'limdan kelganini bajardim va o'zimni yaxshi holatdaman deb o'ylayman.
Biz allaqachon bilamizki, La Liga tiklanadi. Turnir boshlanganda o'zimizning eng yaxshi futbolimizni namoyish etish va La Ligani yutish uchun astoydil mehnat qilyapmiz", - dedi Rodrigo.
Fikrlar