Roberto Karlos: “Xames - fenomen. Barchadan biroz sabr qilishlarini so'rayman”
06 iyu 2020 09:06
Yangiliklar
Roberto Karlos: “Xames - fenomen. Barchadan biroz sabr qilishlarini so'rayman”
“Real” sobiq himoyachisi Roberto Karlos jamoa yarim himoyachisi Xames Rodriges haqida gapirdi.
“Xames — fenomen. Men unga juda ham bog'lanib qolganman. Odamlardan biroz sabr qilishlarini so'rardim. U maydonga tushgan vaqtlarida juda yaxshi o'ynaydi. Xames uchun juda ko'p narsa o'zgardi, ammo eng asosiysi u hamon o'ziga ishonishda va mashg'ulotlarda avvalgidek harakat qilmoqda. Muxlislar ham uni juda yaxshi ko'radi. Axir Xames ajoyib o'yinchi. Unga vaqt bering. Jamoada 11 emas, balki 25 o'yinchi bor”, — deydi Karlos.
Eslatib o'tamiz, Xamesning xizmatlariga “Everton”, “Yuventus” va “Atletiko”dan qiziqish bor.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar