Ris Jeyms: "JCHda ishtirok etish uchun qo'limdan kelganini qilaman"
22 okt 2022 15:17
Yangiliklar
Ris Jeyms: "JCHda ishtirok etish uchun qo'limdan kelganini qilaman"
22 yoshli futbolchi Angliya terma jamoasi safida o'zining ilk mundialida ishtirok etishga hozir edi. Uning asosiy tarkib o'yinchisi sifatida Sautgeyt tomonidan tanlab olinishi ehtimoli juda yuqori edi.
Jeyms inglizlar termasi o'ng qanot himoyasiga birinchi raqamli davogar hisoblanardi. Biroq oktyabr oyi boshida "Milan"ga qarshi kechgan qiyin bahsdan so'ng futbolchi rentgendan o'tkazish uchun yuborildi va natijalar uning ikki oyga maydondan uzoqlashishini oydinlashtirdi. Bu uning Qatardagi butun musobaqani o'tkazib yuborishini anglatardi.
Himoyachining o'zi bu haqda YouTube video hostingida elon qilingan bir lavhada shunday izoh berdi:
"O'tgan hafta men "Milan"ga qarshi o'yinda maydonga tushdim va jarohat oldim. Men buni bunchalik yomon, deb o'ylamagandim".
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Самвел Бабаян: “Сабр қилсак, “Андижон” фахрланадиган даражадаги жамоага айланади”
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Расман: Драган Черан — "Андижон" футболчиси!
Fikrlar