Rio Ferdinand Postekoglu "Tottenxem"ga qanday sifatni qo'shganini aytdi
08 okt 2023 16:51
Yangiliklar
Rio Ferdinand Postekoglu "Tottenxem"ga qanday sifatni qo'shganini aytdi
Rio Ferdinandning fikriga ko'ra, Ange Postekoglu "Tottenxem"ning mentalitetini yaxshiladi.
"SHporlar" ayni damda APLning startida mag'lub bo'lganicha yo'q.
Kecha londonliklar APLinng 8-turida "Luton" maydonida g'alabaga erishdi.
"Kiyim almashtirish xonasi uchun juda muhim natija. Muxlislar uchun natija muhim bo'lishi mumkin, biroq kiyim almashtirish xonasi ham muhim.
So'nggi yillar mobaynida "Tottenxem" juda mayin o'yin ko'rsatayotgandi. Agarda o'tgan mavsumda shunday o'yin bo'lganida ular mag'lub bo'lishardi. 10 kishi bo'lib, yoyilib ketishardi. Postekoglu jamoaga qattiqlik, birdamlik bag'ishladi. Qachonki jamoa 10 kishi bo'lib qolsa, markaziy himoyachilar yanada diqqatliroq bo'lishi talab qilinadi. Jamoa to'g'ri yo'lda harakatlanmoqda. Biroq chempionlik haqida kurashni gapirishga erta", - dedi Ferdinand.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar