Renat Bayramov "Xorazm" ko'rigida
20 mar 2014 19:33
Yangiliklar


Renat Bayramov "Xorazm" ko'rigida
Tajribali futbolchi Renat Bayramov kuni-kecha "Xorazm" yig'iniga borib qo'shildi.
Bu haqda jamoa bosh murabbiyi Mansur Davletov "SA"ga xabar berdi. Yodingizda bo'lsa Bayramov bundan oldin Toshkentning "Istiqlol" klubi mashg'ulotlarida ishtirok etayotgandi. Lekin mahoratli o'yinchi ayni damda urganchliklarning o'quv-yig'in mashg'ulotlarida ter to'kmoqda. Davletovning aytishicha Renat klub lageriga 19 mart kuni kelib qo'ishlgan va hozirda u ko'rikdan o'tmoqda. Futbolchining bu yil "Xorazm" safida o'yinashi yaqin kunlar davomida aniq bo'lishi kutilmoqda.

Fikrlar