So’nggi yangiliklar

00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  0 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  3 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  9 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  34 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  5 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0 20:26Суперлига. "Сўғдиёна" ОКМКга 4 та гол урган оқшомда Бошкович илк бор Қосимовни мағлуб этди  47 19:50Моуриньюга АПЛдан янги вариант пайдо бўлди  3 19:19Баллак Чемпионлар Лигасининг жорий мавсумдаги асосий фаворитларини айтди  6

Reglament o'zgarishi mumkin, PFL klublarga xat jo'natdi Yangiliklar

Reglament o'zgarishi mumkin, PFL klublarga xat jo'natdi

Teglar :  Superliga
O'zbekiston Professional futbol ligasi Superliga Reglamentiga o'zgartirish kiritish haqida o'ylamoqda.

SHu maqsadda bugun Superliga klublariga ushbu yangilik yuzasidan fikrlarini bildirish uchun maktub jo'natilgan. Gap oltin ochko qoidasini bekor qilish haqida ketmoqda. Mavsum avvalida PFL rahbariyati matbuotda chiqish qilib, bu yilgi chempionat yangicha formatda o'tishini aytan edi. 

Yangilik amalga oshdi, oliy liga nomi Superligaga o'zgartirildi. Klublar soni qisqartirilib, 12taga etkazildi. Yangi chempionatimizning birinchi bosqichi yakuniga ham yaqinlashib qolgandi. 

Lekin mavsum o'rtasiga kelgan bir paytda Reglamentga yana o'zgartirish kiritishga to'g'ri kelib qoldi. Bu narsa kimga yoki nima uchun kerak bo'ldi, degan haqli savol tug'iladi. Tez orada bu savolga javob ham olarmiz. 

Balki, ayrim klublar bunga rozi bo'lishmas. Har qanday holatda ham Superligada ishtirok etayotgan jamoalarga murojaat tariqasida maktub jo'natilgan. Noma esa rasmiy maqomga ega. Yani, PFL bosh direktori Omon G'ofurovning imzosi qo'yilgan. 

Ko'ramiz, klublar bu so'rovga qanday javob berishar ekan va PFLning yakuniy qarori qanday bo'larkan? Bunga bir necha soat vaqt qoldi. Ammo, hozirdanoq ijtimoiy tarmoqlarda bu yangilik yaxshigina muhokamaga sabab bo'lib ulgurdi. PFL manziliga tesha tegmagan gaplar aytilmoqda. Xullas, kutamiz! Ungacha esa maktub bilan tanishib turing!

Reyting: -407   
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика