"Real"ning ijaradagi futbolchisi ortga qaytadi
07 iyu 2020 12:57
Yangiliklar
"Real"ning ijaradagi futbolchisi ortga qaytadi
Yarim himoyachi Oskar Rodriges yaqin vaqtlarda "Leganes"dagi ijaradan so'ng "Real"ga qaytadi.
Oskar "Leganes"da mavsum so'nggiga qadar qolishi kerak edi, ammo futbolchi jarohat oldi.
Yosh xavbek jamoaga mavsumning qolgan qismida yordam bera olmaydi va "Real"ga qaytadi.
Yarim himoyachining "qaymoqranglilar" bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilning iyun oyiga qadar mo'ljallangan.
Oskar 2018 yilda "Leganes"ga ikki yil muddatga ijara asosida o'tgan edi. 22 yoshli futbolchi joriy mavsum jamoa safida 31ta o'yinda maydonga tushib, 9ta gol va 2ta assist qayd etdi.
Fikrlar