So’nggi yangiliklar

13:01"Реал" "Олтин тўп" соҳиби билан шартнома имзоламоқчи  0 12:10"Арсенал" 75 млн еврога форвард харид қилмоқчи  6 11:41"Реал" Родриго кетган тақдирда, унга эҳтимолий ўринбосар топди  2 11:17"Манчестер Юнайтед" мағлубиятлар сони бўйича клуб антирекордини янгилади  4 10:52“Ливерпуль" “Челси“ форварди билан шартнома имзоламоқчи  5 10:25“Манчестер Сити“ Тижани Рейндерсга қанча таклиф қилгани маълум  1 09:56МЮ Рэшфордга нарх белгилади  1 09:28“Ливерпуль“ 20 ёшли футболчига 60 миллион фунт беришга тайёр  3 09:00“Барселона“нинг ёздаги асосий трансфер мақсади маълум  22 08:35“Байер“ Флориан Вирцга нарх белгилади  4 08:05Суперлига. "Сурхон" — "Сўғдиёна" 2:1  2 08:03Аморим навбатдаги мағлубиятдан сўнг нималар деди?  10 07:33Суперлига. Бугун 3 та учрашув бўлиб ўтади  6 02:15АПЛ. "Челси" ўз майдонида "Манчестер Юнайтед"ни мағлуб қилди  13 02:09Иван Бошкович: "Жамоага қандай фактор етишмаётганини биламан, бироқ буни тушунтириб беришим жуда қийин"  4

"Real"ning ECHLdagi g'olibligi. Klattenburg tan oldi, Ramos finalda "Atletiko" darvozasini ofsayddan ishg'ol qilgan Yangiliklar

"Real"ning ECHLdagi g'olibligi. Klattenburg tan oldi, Ramos finalda "Atletiko" darvozasini ofsayddan ishg'ol qilgan

Angliyalik hakam Mark Klattenburg 2016 yilning 28 mayida bo'lib o'tgan "Real" va "Atletiko" jamoalari o'rtasidagi final o'yinini yodga oldi.

"Ushbu finalda "Real" birinchi bo'limdan so'ng hisobda oldinga chiqib oldi. Ammo, Ramos gol urgan vaziyatda ofsayd bor edi. Biz buni tanaffus paytida tushundik. Katta kurash kechdi va mening yordamchim vaziyatni ko'ra olmay qoldi.

Ikkinchi bo'limda esa Pepe xato qildi va o'z darvozasiga penalti belgilanishiga sabab bo'ldi. U menga bu har qanaqasiga 11 metrlik nuqta emasligi tushuntirishga urindi. Men esa javob berdim: "Aslida sizlarning birinchi golingiz bo'lmasligi kerak edi", shundan so'ng u jimib qoldi, - deydi Klattenburg.

Eslatib o'tamiz, Pepening qo'polligidan so'ng penaltini Antuan Grizmann aniq ijro etolmagan, ammo 79-daqiqada Karrasko gol urib, hisobni tenglashtirgan. O'yin taqdiri esa penaltilar seriyasida hal bo'lgan va "Real" yana chempion.


"Atletiko" bunga qanday munosabat bildirdi?

"Atletiko"ning Twitter'dagi sahifasi Ispaniyaning 3ta bosh nashrlaridagi suratlarni bitta qilib jamlab, "o'ylangan" smaylik bilan javob qaytardi.


"Fede Valverde hikoyasi". Unga Moratani yiqitishni kim aytganligi malum bo'ldi 

Reyting: -7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика