"Real"ga ECHLda omad kulib boqaveradimi? Modrich javob berdi
03 may 2022 23:41
Yangiliklar
"Real"ga ECHLda omad kulib boqaveradimi? Modrich javob berdi
"Real Madrid" yarim himoyachisi Luka Modrich jamoaga ECHLda ko'pincha omad kulib boqishi borasidagi fikrga munosabat bildirdi.
"SHunday fikrlaydigan insonlarga hech nima demaymiz. Nimani xohlashsa, shuni o'ylashlari mumkin.
CHempionlar Ligasini bir necha marta yutish uchun faqat omadga ishonib bo'lmaydi. Bunday fikr bizga nisbatan adolatsizlikdek tuyiladi. Bunday gaplardan ko'pincha kulib qo'yamiz. Odamlar o'z fikrlarini bildiraverishadi. Biz esa ishlashda davom etamiz.
Yillar davomida bunday cho'qqiga chiqish, kuchli raqiblarni mag'lub qilish, titullar qo'lga kiritish uchun omaddan ko'ra ko'proq narsa kerak bo'ladi. Xarakter, iroda va ishonch bo'lishi kerak. Aynan shular sabab biz g'alaba qozonamiz", -deydi Luka Modrich.
Eslatib o'tamiz, "Real Madrid" – "Manchester Siti" bahsi 4 may kuni 23:59 da start oladi. Birinchi o'yinda Gvardiola shogirdlari 4:3 hisobida g'alaba qozonishgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
ОЧЛ-2. "Андижон" кетма-кет тўртинчи марта 0:0 ҳисобида дуранг ўйнади
Fikrlar