"Real"da koronavirus to'lqini
16 dek 2021 21:14
Yangiliklar
"Real"da koronavirus to'lqini
"Real Madrid"da COVID-19 bilan bog'liq bir nechta holatlar qayd qilindi.
Avvalroq yarim himoyachi Luka Modrich va jamoa sardori Marseloning testi musbat natijani ko'rsatgandi.
Bugun "qirollik klubi" rasmiy sayti vinger Rodrigo Goes, yarim himoyachi Marko Asensio, hujumchi Garet Beyl va ukrainalik darvozabon Andriy Luninda ham koronavirus aniqlangani haqida xabar berdi.
SHuningdek, jamoa bosh murabbiyining yordamchisi, Karlo Anchelottining o'g'li Davide ham shu kasallik bilan og'ridi.
La Liga protokoliga ko'ra, agar jamoada 14 kishi (darvozabon + 13 maydon o'yinchisi) qaydnomada bo'lmasa, o'yin qoldiriladi. “Real”da 6 nafar futbolchi kasal bo'lib qolgan, qaydnomaga 19 kishi kiritilgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди
Ла Лига. "Сельта" ва "Барселона" ўртасидаги ўйинда 6 та гол урилди, Де Йонг майдондан четлатилди
Суперлига. Бугун 3 та учрашув бор
Fikrlar