So’nggi yangiliklar

01:15"Қизилқум" ўз футболчиси билан шартномани узайтирди  0 00:25“Навбаҳор”: Бенжамин Тейди билан шартнома узайтирилди  0 23:58"Динамо" Фрайдей билан хайрлашди  1 23:31АПЛ. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда "Астон Вилла"га мағлуб бўлди  24 23:24Бундеслига. Сенсация қайд этилмади, "Бавария" меҳмонда йирик ғалабага эришди  0 23:01"Навбаҳор" Мирсаидов билан шартномани узайтирди  3 22:50"Бухоро": Александр Хомяков билан ҳамкорлик давом эттирилади  6 22:28Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди  79 21:41Флорентино Перес Клоппни "Реал"ни бошқаришга кўндирмоқчи  11 21:00Мастантуоно “Реал”дан кетиши мумкин?!   2 20:08БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" 5 та гол урилган ўйинда ўйинда мағлубиятга учради, Ғаниевдан ассист  4 19:55Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Жирона"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 19:01ОФК Миллатлар лигаси ташкил этилмоқда  22 18:32Мауро Икардига Ла Лиганинг икки клуби даъвогарлик қилмоқда  4 17:58"Реал" "Бавария" юлдузини ўз сафига қўшиб олмоқчи. Мадридликларнинг бу борада икки рақиби бор  1

"Real" - "Yuventus". Penalti bo'lgan vaziyatga mashhurlar qanday fikrda? Yangiliklar

"Real" - "Yuventus". Penalti bo'lgan vaziyatga mashhurlar qanday fikrda?

Kecha Evropa chempionlar ligasi 1/4 finali doirasida "Real" o'z maydonida "Yuventus"ga (1:3) mag'lub bo'ldi.

Biroq ikki o'yinga ko'ra yarim finalga yo'llanma oldi. "Real"ning yagona goli 90+3-daqiqada belgilangan penalti evaziga kiritildi.

Ushbu vaziyatga italiyalik sobiq hakam Graciano CHezari fikr bildirdi.

"Takroriy lavhada Benatiya to'pga o'ynagani ko'rindi, bunday vaziyatda hech qanday fol va penalti berilmaydi. Hakam futbolchining harakatiga to'g'ri baho bera olmadi. Videotakrorlar tizimi o'sha erda hakamlarga yordam bergan bo'lardi", - dedi CHezari.

Bu holatni ispaniyalik hakam Iturralde Gonsales ham muhokama qildi.

"Benatiyaning qilgan harakati penaltiga tortmasdi. Bosh hakam qaror chiqarishga shoshildi. Bu 11 metrlik penalti emasdi", - dedi Itturalde.

Angliyalik mashhur hakam Grem Poll esa shunday dedi:

"Oliver ishonch bilan penalti belgiladi. O'z qarorini muhokama qilmadi. Unga "Yuventus" futbolchilari qattiq bosim o'tkazishdi. U esa Buffonga qizil berib, bosimdan chiqib ketdi. Maykl yaxshi hakam va u nima qilayotganini biladi", - dedi Poll.

"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan:

"Penalti bo'lgan vaziyatni ko'rmay qoldim. Hakam penalti belgiladi va qarorini o'zgartirmadi. 

Biz yarim finalga chiqdik. Faqatgina o'yin borasida javob beraman", - dedi Zidan.

"Yuventus" futbolchisi Mehdi Benatiya:

"Vaskesning yonidan o'tib, to'pga tegdim. Men tegganimdan keyin to'p yo'nalishini qanday o'zgartirganini ko'rindi. Vaskes esa yiqildi. Penalti yo'q edi", - dedi Benatiya.

"Match TV" sharhlovchisi Georgiy CHerdancev:

"Britancha ifloslik. U Buffonning ECHLdagi so'nggi o'yinida chetlatib tarixga kirdi. Omadsiz. FUUUUUUU!", - deb yozadi CHerdancev.

Reyting: +72   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика