"Real" "Tottenxem"ga tegishli rekordni takrorladi
02 may 2018 00:55
Yangiliklar
"Real" "Tottenxem"ga tegishli rekordni takrorladi
Ayni paytda ECHL yarim final javob uchrashuvi doirasida "Real" - "Bavariya" uchrashuvi davom etmoqda.
Hozircha hisob 2:1. Bellashuvning 3-daqiqasida Joshua Kimmix hisobni ochgan bo'lsa, 11-daqiqada Karim Benzema muvozanatni tikladi. Ikkinchi bo'lim boshida esa yana o'sha Benzema jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi.
SHu tariqa, madridliklar evrokuboklarda o'z maydonlarida ketma-ket 42chi o'yinda gol urishdi. Bu 1961 yildan 1984 yilgacha "Tottenxem" o'rnatgan rekord takrorlandi degani.
Qizig'i, o'shanda "Tottenxem"ning seriyasi 1985 yilning martida "Real"ga qarshi o'yin (0:1)da to'xtagan edi.
Fikrlar