So’nggi yangiliklar

10:20АПЛнинг ХХI асрдаги энг яхши мураббийлар рейтинги тузиб чиқилди  0 09:47Тен Хагнинг ўрнига МЮни бошқариш учун асосий номзод маълум  3 09:10"Ман Сити" қишда Родрининг жароҳат олгани сабабли 60 миллионлик трансферни амалга оширади  0 08:35Суперлига. Барча даврларнинг энг яхши тўпурари ким? Черан 10-ўринга кўтарилиб олди  5 07:53Аббосбек Файзуллаев РПЛда тур рамзий жамоасидан ўрин олди  3 07:23Про лига. Бугун 22-турнинг сўнгги учрашуви бўлиб ўтади  1 01:17"Реал" Карвахаль ўрнига ҳимоячи сотиб оладими?  0 00:31Пол Скоулз: "Тен Хагнинг баҳоналари тугаб боряпти"  7 00:00"Олтин тўп" соҳиби Диего: "Беш ой олдин оёғимни операция қилдирдим. Ўзбекистонга келганимда, чап оёғимни ишлатолмасдим"  0 23:50"Шаҳарликлар" ҳужумга ўтди. "Манчестер Сити" АПЛда компенсация талаб қилмоқчи  1 23:28Марсель: "Олтин бутса"ни қўлга киритиш энг катта орзуларимдан бири эди. Бироқ ундан ҳам юқори мақсадим бор эди"  0 23:15Леандро Лино: "Жаҳон чемпионатигача жуда кўп меҳнат қилдик ва бу ўз самарасини берди"  0 22:58Алан Бранди: "Ҳакамлар ҳақида гапирмоқчи эмасман. Нима бўлганини ҳамма кўрди"  4 22:44"Манчестер Сити" судда АПЛни мағлуб этди  7 22:42Пабло Таборда: "Мағлубиятга қарамай, бошимизни баланд кўтарган ҳолда Ўзбекистонни тарк этамиз"  0

"Real" tarixidagi eng yaxshi top-5 britaniyalik futbolchi Yangiliklar

"Real" tarixidagi eng yaxshi top-5 britaniyalik futbolchi

Teglar :  Real
Ayni damda Angliya futboli o'z qiziqarliligi bilan ajralib turibdi.

APLda Sesk Fabregas, Santi Kasorla, David Silva, Sesar Aspilikueta kabi futbolchilar faoliyatini olib bormoqda. Biroq ingliz futbolchilarini har doim ham Ispaniyada ko'rmaymiz.

O'z davlatida yaxshi o'yin ko'rsatib, LaLigada o'zini ko'rsata olmaganlar ham, afsonaviy futbolchilarga aylanganlar ham bor.

Misol uchun "Real" tarkibida bir necha angliyalik top-futbolchilar to'p tepgan.

5. MAYKL OUEN

Ouen 2004 yilda "Real" tarkibiga borib qo'shilgan. "Liverpul" uning transferidan 8 mln evro ishlab olgan va "Real" shartnomaning bir qismi sifatida Antoni Nunezni berib yuborgan.

Ouen "Real"ga ko'chib o'tganida mavsumda Raul va Ronaldodan keyingi to'purarga aylandi. U o'zining debyut mavsumidayoq "Los Blankos" uchun 17 gol kiritishga erishdi. Biroq u yana Angliyaga qaytib ketdi.

U ko'proq zaxiradan tushib, 17 gol kiritganini hisobga olsa, Ouenning transferini omadli desak bo'ladi. Biroq bu gapimizga "Real" muxlislari qo'shilishmaydi.

Uning "Manchester Yunayted"ga o'tganini esa haqiqiy omadsizlik desak bo'ladi. "Tilla yigitcha" "iblislar" tarkibida 5tagina gol kiritdi.

Xo'sh, uning natijasini taqqoslaganda Ouenning qaysi jamoaga transferi omadli bo'lgan - "Real" yoki MYU?

4. GARET BEYL

Beyl o'z vaqtida rekord 100 mln evro evaziga "Real"ga transfer qilingandi. Debyut mavsumidayoq u Ispaniya kubogi hal qiluvchi bahsi va "Atletiko"ga qarshi o'tgan ECHL finalida muhim gollarni kiritdi.

Jarohatlar girdobiga tushib qolganidan keyin uelslik futbolchi asosiy tarkib uchun kurashadigan jismoniy holatdan chiqib qoldi. Biroq u maydonga tushayotgan vaqtlarida Krishtianu Ronaldu bilan yaxshi tandem hosil qildi.

"Real"ga kelganidan keyin Beyl 3 marta ECHL g'olibligiga erishdi, shuningdek, LaLiga, Ispaniya kubogi va superkubogida bir martadan, klublar o'rtasidagi JCHda va UEFA Superkubogida 3 bora g'oliblikka erishgan.

U Ronaldu va Benzema bilan birga to'p tepib, 50dan oshiq gollar kiritgan. Yakunlangan mavsumning ikkinchi yarmida chiroyli o'yin ko'rsatdi va barchaning olqishiga sazovor bo'ldi.

3. DEVID BEKXEM

Bekxemning "Real"ga transferi juda ham omadli bo'ldi, u o'z vaqtida jamoaning eng yaxshi futbolchilaridan biri bo'lishga erishdi va o'z transferini oqladi.

Bekxem to'p kabi maydonda tinim bilmay ishladi va eng mehnatkash futbolchilardan biri bo'ldi.

Biroq u Ispaniyadagi 4 yillik faoliyati davomida faqatgina LaLiga va Ispaniya superkubogi g'olibligiga erishdi, xolos.

MYUning sobiq futbolchisi muxlislarning yoqimtoyiga aylanib qolgandi. Bekxem jamoaga borganidan keyin uning kiyimlari yaxshigina miqdorda sotildi.

Biroq tezda muxlislarning ustidan g'oliblikka erishdi va o'z debyutida Ispaniya superkubogi doirasida "Malorka" ustidan qozonilgan g'alabada o'zining katta hissasini qo'shdi. SHuningdek, 20 yillik tanaffusdan keyin jamoasining "Barselona" maydonidan g'alaba bilan qaytishida ham yordamini berdi.

O'zining yaxshi o'yinlari va muxlislar etiborini qozongani uchun Bekxemni "Real" fanatlari hali ham qadrlashadi.

2. LORI KANNINGEM

Kanningem - "Real" tarkibida o'ynagan birinchi britaniyalik futbolchi. U 1979 yilda dunyoning eng qimmat futbolchilardan biri sifatida "Real"ga ko'chib o'tdi. Madridliklar uning transferi uchun 995 ming evrodan voz kechishgandi.

U "Real"dagi o'zining eng yaxshi o'yinini "Barselona"ga qarshi o'tkazdi va raqibining barcha himoyachilarini bir o'zi aldab o'tishni uddalay olgandi.

Iqtidori yuqori bo'lishiga qaramasdan u o'ziga bildirilgan ishonchni oqlashga qiynaldi. Jarohatlar girdobiga tushib qolganidan keyin oldingi o'yinlarini topa olmadi.

Biroq u "Real" tarkibida yaxshi harakat qilgan britaniyalik futbolchi sifatida tarixda qoldi.

1. STIV MAKMANAMAN

Stiv bolaligidan katta bo'lgan "Liverpul"ni "Real" tufayli tark etdi. U o'z jamoasida yaxshi o'yin ko'rsatdi va jamoadoshlari oldida etakchiligini isbotlay oldi.



"Real"da u to'rt mavsum davomida harakat qildi va ikki marta CHempionlar ligasi, ikkita LaLiga, ikkita Evropa superkubogi, bir UEFA superkubogini qo'lga kiritdi.

Hozirda ham uni "Bernabeu"da qadrlashlariga hech qanday shubha yo'q. U jamoa tarkibiga inqiroz vaqtida tashrif buyurdi va barchaga yordam berdi.

"Bernabeu"dagi natijalariga qaramasdan, bo'lajak voqealar uning zarariga ishladi. Florentino Peres jamoa prezidenti bo'lgach, "Real"ning yangi erasi debochasi boshlandi. 2001 yilning yozida Luish Figu tufayli Stivga tarkibda joy yo'qligini malum qilishdi. Biroq u tarkibda qolishni va yanada ko'proq mehnat qilishni istadi. 2003 yilga borib, u jamoani tark etdi.

Makmanaman nafaqat xorijda faoliyat olib borgan eng yaxshi ingliz futbolchisi sifatida tarixda qoldi.

Mirjalol Normatov tarjimasi

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика