"Real" tarbiyalanuvchisini "Selta"ga sotdi
21 iyu 2023 15:15
Yangiliklar
"Real" tarbiyalanuvchisini "Selta"ga sotdi
"Real" futbolchisi Karlos Dotor "Selta" klubiga transfer qilindi.
Vigo klubi 22 yoshli yarim himoyachi bilan shartnoma imzolanganini elon qildi. Futbolchi yangi klubi bilan 5 yillik shartnoma imzoladi.
"The Athletic"ning xabariga ko'ra, bu transfer orqali Madrid klubi 3 million evro ishlab oldi. SHuningdek, "Real" o'yinchining keyingi transfer summasidan 50%ga egalik qiladi. Bundan tashqari "qaymoqranglilar" Dotorni birinchi bo'lib sotib olish huquqiga ega bo'ladilar.
Xavbekning "Selta" bilan shartnomasiga ko'ra tovon puli 50 million evro etib belgilandi.
2022/23-yilgi mavsumda Dotor "Kastilya" safida 28 ta o'yinda ishtirok etib, 11 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади
АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпул"ни йирик ҳисобда таслим этди, Ҳусанов эса...
Fikrlar