So’nggi yangiliklar

07:23Про лига. Бугун 22-турнинг сўнгги учрашуви бўлиб ўтади  0 01:17"Реал" Карвахаль ўрнига ҳимоячи сотиб оладими?  0 00:31Пол Скоулз: "Тен Хагнинг баҳоналари тугаб боряпти"  4 00:00"Олтин тўп" соҳиби Диего: "Беш ой олдин оёғимни операция қилдирдим. Ўзбекистонга келганимда, чап оёғимни ишлатолмасдим"  0 23:50"Шаҳарликлар" ҳужумга ўтди. "Манчестер Сити" АПЛда компенсация талаб қилмоқчи  0 23:28Марсель: "Олтин бутса"ни қўлга киритиш энг катта орзуларимдан бири эди. Бироқ ундан ҳам юқори мақсадим бор эди"  0 23:15Леандро Лино: "Жаҳон чемпионатигача жуда кўп меҳнат қилдик ва бу ўз самарасини берди"  0 22:58Алан Бранди: "Ҳакамлар ҳақида гапирмоқчи эмасман. Нима бўлганини ҳамма кўрди"  4 22:44"Манчестер Сити" судда АПЛни мағлуб этди  7 22:42Пабло Таборда: "Мағлубиятга қарамай, бошимизни баланд кўтарган ҳолда Ўзбекистонни тарк этамиз"  0 22:16Хосе Венансио Лопес Ўзбекистон футзал терма жамоасини тарк этди  12 22:11Тожикистон терма жамоаси Россия билан ўйнашни хоҳламади  7 21:48Назорат учрашуви. "Бунёдкор" - "Сурхон" 1:3  2 21:39Тўртта таймдан иборат назорат учрашувида ОКМК "Локомотив"ни таслим қилди  0 21:11Ўзбекистон терма жамоаси йиғини бошланди, Машарипов ва Шукуровдан интервью  6

"Real" sindromi yoxud g'alabada muhim rol o'ynagan 4 omil Yangiliklar

"Real" sindromi yoxud g'alabada muhim rol o'ynagan 4 omil

Teglar :  RealBavariya
Kecha Evropa chempionlar ligasi yarim finali doirasida "Real" safarda "Bavariya"ni mag'lub etdi.

Ushbu g'alabada muhim rol o'ynagan 5 omil haqida fikr yuritamiz.

"BAVARIYA" KUCHLI RAQIBLAR BILAN O'YNAMADI, "REAL" ESA AKSINCHA...

ECHL boshlanganidan buyon "Real" asosan kuchli raqiblar bilan to'qnash kelmoqda. Madrid jamoasi guruhda "Tottenxem", "Borussiya" (Dortmund) kabi jamoalar bilan to'qnash keldi. Albatta, "shporlar"ni mag'lub etish uddalanmadi, biroq qolgan uchrashuvlarda g'alabalar qo'lga kiritildi. APOEL bilan uchrashuvlarda jamoa "mashg'ulot" o'tadi.

SHuningdek, pley-off uchrashuvlarida PSJ va "Yuventus" musobaqadan chiqarib yuborildi. "Real" LaLigadagi o'yinlarini o'ziga niqob qilib oldi. Jamoa ichki chempionatda kuchli o'yin ko'rsatmaydi, biroq ECHLga kelganda boshqa jamoaga aylanib oladi. Jamoaning chempionatdagi o'yinlariga ahamiyat bermang, "Real" futbolchilari kuchni ECHLga olib qo'ymoqda. Har holda xulosa shunday bo'lmoqda.

"Bavariya" esa kuchli klublar bilan to'qnash kelmadi. "CHelsi"ni "Barsa", "Barselona"ni "Roma", MYUni "Sevilya" musobaqadan chiqarib yubordi. Pley-offdagi raqiblar - "Beshiktosh" va "Sevilya" yuqori saviyali jamoalar emas. SHuningdek, guruh bosqichida "Seltik", "Anderlext" kabi klublar bilan kuch sinashildi. KO'rib turganingizdek, "Real" va "Bavariya"ning raqiblari orasida er va osmonchalik farq bor.

YO'QOTISHLAR VA JAROHATLAR

Uchrashuv boshlangunga qadar "Bavariya"da jiddiy yo'qotishlar bor edi. Manuel Noyer ancha vaqtdan buyon maydonga tusha olmayotgandi, shuningdek, David Alaba, Arturo Vidal, Kingsli Koman ham o'yinda qatnashmadi.

Yupp Xaynkes qaysidir manoda shunga tayyorlanayotgandi. O'tgan bir necha o'yinlarda katta rotaciyaga qo'l urib, o'z shogirdlarini o'yinga "svejiy" qilib tayyorlab bordi.

"O'lganning ustiga tepgandek" birinchi bo'limda Jerom Boateng va Aren Robben jarohat olib, maydonni erta tark etdi. Bu esa "Bavariya"ning hujumkorligiga o'z tasirini o'tkazdi. Robbensiz hujumlarning rang-barangligi yo'qoldi. Boatengsiz himoyada yoriqlar paydo bo'ldi. To'g'ri, Rafinya xato qilmaganida o'yin boshqacharoq ketishi mumkin edi, ammo futbol - xatolardan iborat.

"Real" esa jangovor tarkib bilan Myunxenga etib bordi. Jamoaning asosiy tarkib futbolchilaridan birorta yo'qotish yo'q edi. Jamoada futbolchi ko'pligidan Garet Beyl va Teo Ernandes kabi futbolchilar zaxirada qoldi. SHunday bo'lsa-da, "Bavariya" g'alaba qozonishga intildi, ammo jarohatlar va yo'qotishlar tufayli jamoa o'yinida uzilishlar borligi ko'rinib qoldi.

"BAVARIYA" CHIROYLI O'YIN KO'RSATDI, BIROQ VAZIYATLARDAN FOYDALANA OLMADI

Uchrashuv statistikasiga nazar tashlaydigan bo'lsak, "Bavariya" 10 bora darvoza tomon zarba bergan, "Real" esa 6 marta. Mehmon jamoa sabr qildi, uzoq vaqt himoyada o'ynadi va birgina xato evaziga ikkinchi golni kiritdi. "Bavariya" esa gol urilgunga qadar ham, hisob 1:0, 1:1 va 1:2 bo'lgan vaqtda ham Ko'plab vaziyatlarga ega bo'ldi. Robert Levandovski, Tomas Myuller, Frank Riberi yaxshi imkoniyatni qo'ldan chiqardi. Noaniq o'yin va Keylor Navasning mahorati "Real"ni gollardan asrab turdi. Ikki jarohatdan keyin ham "Bavariya" yaxshi o'ynadi, raqibni himoyaga qamab qo'ya oldi, biroq vaziyatlardan foydalanishda kamchiliklar borligi ko'rinib qoldi. 

To'pni ushlab turish borasidagi natijaga qaraydigan bo'lsak, myunxenliklar 67 foiz vaqt davomida to'pni o'zlaridan ushlab tura olishdi. Ammo, "Real" futbolchilari o'z ishlarini alo darajada bajarishgani uchun, boshqa gol qo'yib yuborishmadi.

ZIDAN va G'OLIBLIK RUHI

"Real" har doim g'olib bo'lishni eplab kelgan. Jamoa qanday holatda, qanday vaziyatda, har qanday darajadagi raqib bilan o'yin bo'lsa ham, o'z ustunligini namoyish etib, qiyinchilikdan chiqib ketadi. O'tgan ikki mavsum ECHLdagi natijalar bunga guvoh. Bunga asosiy sabab - Zinedin Zidan. Uning chiqarayotgan aqlli qarorlari tufayli "Real" o'zgacha yo'ldan ketmoqda, chiroyli yo'ldan ketmoqda.

Zidan "Real"ni o'z boshqaruviga olganidan keyin jamoaga g'oliblik ruhini singdira boshladi. U futbolchilar bilan yaxshi ishlay olishini ko'rsatmoqda. SHu boisdan ECHLda "Real"ni mag'lub etishning uddasidan chiqib bo'lmayapti. Ne-ne jamoalar ushbu klubni to'xtata olmayapti. "Real" yo'lida uchragan jamoani televizor qarshisiga o'tkazib qo'ymoqda. Ular to'xtamoqchi emas va uchinchi marta ECHLni yutishni istashadi, Zidan esa bu yo'ldagi asosiy omil.

Mirjalol Normatov

Muallif : Mirjalol Normatov
Reyting: +35   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика