"Real" "Santos" forvardining xaridi bo'yicha muzokaralarga kirishdi
12 may 2020 16:07
Yangiliklar
"Real" "Santos" forvardining xaridi bo'yicha muzokaralarga kirishdi
Madridliklar o'yinchining narxini pasaytirishmoqchi.
"Real" "Santos" hujumchisi Kayo Xorxening transferi borasida muzokaralarni boshladi. Bu haqda italyan matbuoti xabar tarqatmoqda.
Futbolchining tovon puli 50 million evroni tashkil etadi. Madrid klubi esa bunday miqdordagi pulni to'lashga tayyor emas va Braziliya klubidan o'yinchining narxini pasaytirishni so'ramoqda.
Oldinroq, Kayo Xorxega Turinning "Yuventus" klubi tomonidan qiziqish bo'layotgani aytilgandi.
Fikrlar