"Real" Mourinyu bilan bog'landi
23 okt 2018 19:15
Yangiliklar
"Real" Mourinyu bilan bog'landi
Malumotlarga ko'ra, "Real" portugaliyalik bilan uni qaytarish borasida bog'langan. Buni "Qirollik klubi" vice-prezidenti Xose Anxel Sanches xohlamoqda.
Mourinyuning "Manchester Yunayted"dagi holati og'ir va u istefoga chiqishi mumkin. Mutaxassis klubini o'z xohishi bilan tark etmoqchi emas, aks holda u 30 mln evrodan quruq qoladi.
Portugaliyalikning shartnomasi MYU tomonidan bekor qilinsa, murabbiy 60 mln evro (Mourinyuning bitim oxirigacha oladigan puli) oladi. Agar o'zi klubdan ketsa, bor-yo'g'i 30 mln evro bilan jamoani tark etadi.
"Real"ni boshqarish uchun asosiy nomzodlar Antonio Konte va Joze Mourinyu. Yozda Serxio Ramos Kontega qarshi chiqib, jamoaga Xulen Lopetegi kerakligini aytgan edi.
Rahbariyat bu safar futbolchilar bilan hisoblashmoqchi emas. Xulen Lopetegi klubni tark etsa, "Kastilya" ustozi Santyago Solari jamoani vaqtincha boshqarib turishi mumkin.
Fikrlar