"Real" Mbappe bilan ishni "pishitib" qo'ygan
07 iyu 2017 09:40
Yangiliklar
"Real" Mbappe bilan ishni "pishitib" qo'ygan
"Real" klubi rahbariyati "Monako" yulduzi Kilian Mbappe bilan kelishuvga erishdi, deya xabar bermoqda "Marca" nashri.
Kilian Mbappe "Real"ga taklif etilgan va futbolchiga klub qarorgohi tanishtirilgan. "Real" Mbappe bilan shaxsiy kelishuv borasida ham gaplashgan. Agarda ushbu transfer amalga oshsa, Mbappe yiliga 6-7 million evro ishlab topadi. Futbolchi va uning oilasi bilan klub prezidenti Florentino Peres hamda bosh murabbiy Zinedin Zidan uchrashgan.

"Real" hozircha Mbappe borasida rasmiy taklif jo'natmagan. Madridliklar Alvaro Moratani sotib bo'lishgach "Monako"ga Mbappe borasida taklif bilan chiqishmoqchi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Андижон" сафарда "Машъал"га ютқазди
Украиналик юлдуз ПСЖда россиялик дарвозабон билан мулоқот қилмаяпти
АПЛ. "Манчестер Юнайтед" илк турда ўз майдонида "Арсенал"га мағлуб бўлди
ОЧЛ-2. "Андижон"нинг гуруҳдаги рақиблари ҳамда мураббий ва футболчиларнинг қуръага муносабати
Fikrlar