So’nggi yangiliklar

18:58Бельгия. Ўринбоев бир тайм ўйнаган баҳсда "Антверпен" ютқазди  0 18:38Эрон ва Уругвай ўртасидаги ўртоқлик ўйини бекор қилинди  3 18:02Суперлига. "Бунёдкор" - "Хоразм" 0:0 (Матнли трансляция)  3 17:22"Бёрнли" — "Ливерпуль". Таркиблар маълум  4 17:19"Манчестер Сити" сардори билан шартномани узайтиришни режалаштирмаяпти  1 16:23"Арал" — "Олимпик". Таркиблар маълум  0 15:46"Антверпен" — "Гент". Таркиблар маълум  3 15:08"Эшитдик-да!" Алексей Ларин "Андижон"га ўтишга яқин  10 14:43"Рома" — "Торино". Таркиблар маълум  7 14:03Канселу: "Барселона"ни яхши кўраман"  6 13:24Алонсо Пеллегрини давридан бери Ла Лигадаги дастлабки 4 ўйинда ғалаба қозонган биринчи "Реал" мураббийи  1 12:39"Ньюкасл" 60 млн еврога харид қилинган ҳужумчисини йўқотди  2 11:58"Манчестер Юнайтед" Англия терма жамоаси ярим ҳимоячисига қизиқмоқда  8 11:30"Манчестер Сити" форварди Холанд: "Жамоани ўз ортимдан эргаштиришим керак"  1 10:39Пролига. Бугун 14-турга старт берилади  0

"Real" mag'lub xolda yarim finalga yo'l olmoqda Yangiliklar

"Real" mag'lub xolda yarim finalga yo'l olmoqda

Evropa chempionlar ligasi chorak finali doirasidagi "Borussiya D" - "Real" uchrashuvini shu erda kuzatib borish mumkin.
ECHL, chorak final. Javob o'yini.

"Borussiya D" - "Real" 2:0 (Dastlabki o'yin "Real" - "Borussiya D" 3:0)

"Signal Iduna Park" stadioni.

Gollar:
Roys (24, 37)
"Borussiya D":
Vaydenfeller, Pishchek (Obameyang, 81), M. Fridrix, Xummels, Durm, Yoyich, Kirx, Grosskroytc, Mxitaryan, Roys, Levandovski.

"Real":
Kasilyas, Karvaxal, Pepe, Ramos, Koentrau, Ilyarramendi (Isko, 46), Modrich, Di Mariya (Kazemiro, 73), Alonso, Beyl, Benzema (Varan, 90).

Ogohlantirishlar:
Ramos (27), Alonso (31), Karvaxal (68), Roys (75), Obameyang (82), Kazemiro (83).


                             MATNLI TRANSLYACIYA
                                        YANGILASH



"Real" muxlislarini yarim final yo'llanmasi bilan tabriklaymiz! "Borussiya D" ishqibozlarini esa chiroyli, irodali va mardonavor uchrashuv bilan muborakbod etamiz! Sevimli jamoalaringizni qo'llab-quvvatlashdan charchamanglar! Keyingi o'yinlarda uchrashguncha sog'-salomat bo'linglar! Bugun xizmatingizda SHahboz Beg'amov bo'ldi. Etiboringiz uchun rahmat!

90+3` Uchrashuv yakunlandi! "Real" yarim finalda!!!!!!!!

90+2` Benzema o'rniga Varan maydonga tushmoqda...

90+2` Uchrashuvga 2 daqiqa vaqt qo'shib berildi.

90` Vaydenfeller!!!!!!!!!!!!!!!!!

90` So'nggi daqiqalar...

89` Burchak to'pi. So'nggi imkoniyatlardan biri...

88` Jamoalar maydon markazida o'ynashmoqda.

86` O'yin tugashiga oz vaqt qolmoqda...

84` To'p Pepening oyog'idan maydon tashqarisiga chiqib ketdi. Hakam esa burchak to'pi belgilamadi.

83` Kazemiro ham ogohlantirish oldi.

83` Obameyang ogohlantirildi qo'pol harakati uchun.

82` Pishchek o'rniga hujumkor futbolchi Obameyang maydonga tushirildi.

81` Benzema! Bir nima qilib bo'lsada zarba berdi, lekin Vaydenfeller o'z o'rnida. Bugungi o'yin uchun ikkala posbonga katta RESPEKT aytamiz!

79` "Real" futbolchilari o'yinni maydon markaziga ko'chirishmoqchi.


77` "Borussiya" katta bosim uyushtirmoqda!

75` Penalti? Yag'e, Roysga simulyaciya ishlatgani uchun sariq kartochka!

74` "Borussiya"ning hujumlari davom etmoqda. "Real" himoyasi emas, Kasilyas barchasini bartaraf etmoqda! Roys va Mxitaryan bugun anchagina bosh og'riq bo'lmoqda "Real" uchun.

73` Di Mariya o'rniga Kazemiro tushdi.

72` Vau, ozgina nafas roslash kerak! Ikerga TASANNO!

71` Mxitaryan va yana KASILYASSSSSS!!!!!!!!!!!!!!!!!

69` O'yin dahshatli kechmoqda! Iker Kasilyas hozir Robert Levandovskining kuchli zarbasini ajoyib "seyv" orqali bartaraf etdi!

68` Kasilyas!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!! Ikerisheeee!!!!!

67` VAXXXXXX! Benzema! Karim bugun o'ziga o'xshamayapti-yu!

66` BDISHSHSH!!!!!!!!!!!! Mxitaryan!!!! Genrix Mxitaryan qulay vaziyatga chiqdi va Kasilyasni ham aldab o'tdi. Keyin, keyin esa... darvoza ustunini nishonga oldi....

65` O'yin davom etadi. Ikkala futbolchi ham maydonga qaytishdi.

63` Grosskroyc va Karvaxal to'qnashib ketishdi. Ularga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

61` BENZEMAAAAA! Nahotki??? "Real"ga nimalar bo'lyapti? Qanday imkoniyat-a??? Karim birga-bir vaziyatni yo'qqa chiqardi. "Borussiya" himoyachisi Xummels faollik ko'rsatdi va xavfni bartaraf etdi.


60`Voyoyoyo! Beyl! Garet qanotdan faollik bilan raqib himoyachilarini aldab o'tdi va to'pni zarb bilan tepdi. Benzema sal chaqqonroq harakat qilsa gol bo'lishi mumkin edi...

58` "Real" Dortmund jamoasini to'psiz qoldirmoqchi.

57` O'yin tempi biroz pasaygan. Jamoalar uzoq o'ylab hujumga borishmoqda.

55` "Real" faollashdi. Boshqacha bo'lishi ham mumkin emas. "Borussiya D" esa biroz ehtiyotkorlikni ishga solishi shart. Endi Klopp shogirdlari aqlliroq futbol namoyish qilishmoqda. Asta-sekin.

52` Bugun mezbonlar safida Roys-Levandovski-Mxitaryan uchligi juda faol harakat qilishmoqda.


51` Alonso maydon markazida Mxitaryanni yiqitib qoldi. Hakam Alonsoni ayadi va ikkinchi ogohlantirishni ko'rsatmadi.

50` Vachaych! Beyl! Nihoyat Beyl boshladi! Kuchli zarba va Roman Vaydenfeller! "Real" o'ziga kelmoqda shekilli...

48` "Real" hujumda. Vaydenfeller to'pni egallab oldi va xavfni bartaraf etdi.

46` Ikkinchi bo'lim boshlandi!

"Real" tarkibida o'zgarish: Ilyarramendi o'rniga Isko maydonga tushdi.

Ronaldo zaxiradan "Real"di o'yiniga munosabati



Birinchi taym xulosasi, "Real" futbol o'ynamadi, balki o'ynolmadi. Tomosha qildi. Di Mariya to'qnashuv taqdirini hal etib qo'yishi mumkin edi. Lekin, Vaydenfeller! O'yin juda "qaynoq"! Ronaldo ikkinchi bo'limda maydonga tushishi shart! Bo'lmasa, bilmadim. Beyl yoki Benzema deyarli hech narsa qila olishmadi. Ammo, agarda "Real" bitta to'p kiritsa hamma tashabbus yana ular tomoniga o'tib qolishi mumkin. "Real"da imkoniyat kattaroq haliyam. Lekin shundan foydalanish kerak.  

45+1` Birinchi taym tugadi! Tanaffus!


45` Ronaldo juda asabiylashmoqda!

44` Yurgen Klopp! Bu murabbiyga ikkita "respekt" aytsak ham arziydi! Jonkuyar va juda fidoiy murabbiy. O'z klubi uchun. O'yinni yonib tomosha qilmoqda.

44` Karlo Anchelotti kerakli choralarni ko'rishi shart tanaffusda.

43` "Real" himoyachilari bugun o'zlariga o'xshashmayapti. Buni aytib o'tish joiz.

42` Bu gol ham Ramosning qo'pol xatosi evaziga yuzaga kelganini hozirgi takroriy lavhada ko'rdik.

41` Menimcha, Ronaldo maydonga tushadi. Bo'lmasa "Real"ni maydonda ko'rmayapmiz.

40` Golga to'xtalamiz, kombinatcion hujumni Levandovski o'zining kuchli zarbasi bilan yakunlamoqchi bo'ldi. Lekin Kasilyas! Qaytgan to'pni esa Roys bor kuchi bilan darvozaga joylab qo'ydi.


39` Bu o'yinni tomosha qilish haqiqiy zavq!

37` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! MARKOOOOOOOOOOOOOOOOO! ROYSSSSSSSSSSS! 2:0! Mana sizga futbol! Ajoyib hujum! Fantastik futbolchilar!


37` Krishtiano Ronaldoni ko'rsatishdi. U maydonga tushmoqchi shekilli. Ko'zlari yonib turibdi. Lekin Karlo tog'a uni maydonga tashlarmikan? Buni vaqt ko'rsatadi.

35` "Signal Iduna Park"da "qaynoq" o'yin kechmoqda. Mehmonlar jarima maydonchasi oldida olovli hujumlar...

34` Jarima zarbasini Roys amalga oshirdi. Mats Xummels esa boshi bilan ancha xavfli zarba yo'lladi. Ikerisheee! Bu darvozabon hozir o'zini ko'rsatmaganida hisob o'zgarardi. Karlo tog'a, mana sizga posbon!

33` Xummels!!! Kasilyas! Qoyil, Iker!

31` Xabi Alonsoga sariq kartochka. Jarima zarbasi. Qulay vaziyat yuzaga kelishi mumkin.

31` Malumot uchun: Ramos Robertga qarshi qo'pol o'ynagandi... Takroriy lavha hammasini ko'rsatdi.

30` O'yin davom etadi...

29` Nimalar bo'lyapti o'zi????? Ramos jarima maydonchasi ichida Levandovskini yuziga qo'li bilan tegdi. Hakam keldi va mojarolar... Ramosga sariq kartochka-yu, lekin penalti yo'q...

28` Yo'q! Yo'q! Penalti yo'q ekan. Tushunarsiz qaror!

27` Ana tomosha!!!! Penalti "Real" darvozasi tomon?


26` "Borussiya D" buyog'iga olovli hujumlarni tayyorlab qo'ygan shekilli! Uchrashuv ancha "issiqqina" o'tadi...

24` GOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Marko! Roys! 1:0! "Real" himoyachisi Pepe yosh bolalarcha xatoga yo'l qo'ydi va Marko Roysdan "master-klass"! Kasilyas bu vaziyatda ojiz edi!


22` "Real" endi himoyalanishga majbur. Dortmund jamoasi esa aksincha... Qani, chiroyli futbol ko'raylikchi biz!

20` Dortmunliklarning ajoyib hujumi. Robert Levandovski zarbasi darvoza oldidan o'tib ketdi. Hisob ochilishi mumkin edi-ya! O'yin jonlandi!


19` Di Mariya o'yin taqdirini butunlay hal etib qo'yishi mumkin edi. Lekin Di Mariya Vaydenfellerni alday olmadi.

18` Ana sizga tomosha! Di Mariya 11-metrlik jarima zarbasidan unumli foydalana olmadi. Buyog'iga nima bo'larkin-a?

17` Bravissimoooooooo, Vaydenfeller!!!!!!

16` Penalti! Ana sizga tomosha! "Real" 11-metrlik jarima zarbasini tepadi...

15` O'yin jonlanishi qiyin bo'lmoqda. To'pni "Real" futbolchilari maydon markazida bir-birlariga oshirib o'tirishipti...

13` SHuni aytish mumkinki, o'yinning bunday borishi "Real" uchun yaxshi kechmoqda. Ularni bu holat qanoatlantirishi tabiiy.

12` O'yin tempi hozircha yuqori bo'lmasada, ichki darajasasi va muhimligi juda baland. Buni hamma his etib turibdi.

11` Bu jimjitlik futbolchilarni oddiy vaziyatlarda to'p yo'qotishlariga olib kelmoqda...

9` To'g'risi, bunday startni hech kim kutmagandi chamamda. Sokinlik. Jamoalar kim birinchi xatoga yo'l qo'yarkin deb harakat qilishmoqda...

7` Pepe Roysga nisbatan o'yin qoidasini buzdi. Lekin hakam jim. Takroriy lavha shuni ko'rsattiki, Pepe qoidani buzgan edi.

6` "Borussiya"ning ilk hujumi. Oddiy zarba va Kasilyas o'yinga kirishdi. Yana sokinlik... Bu holat vaqtincha albatta.

4` Hozir qaysidir jamoa "bomba" tashlasa ajab emas o'yinga. Hozircha maydonda sokinlik.

3` O'yinni jamoalar ehtiyotkorlik bilan boshlashmoqda. G'ayri tabiiy harakatlar hozircha uchramayapti. Muxlislar tovushi juda baland...

1` Uchrashuv boshlandi! Kettik...

"Signal Iduna Park" stadionida fantastik muhit!

CHempionlar Ligasi madhiyasi yangramoqda...

Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda.

"Sport" kanali bugun "CHelsi" - "PSJ" o'rtasidagi uchrashuvni jonli tarzda olib ko'rsatadi.

Eslatib o'tamiz, ushbu o'yin "Sport" kanali orqali to'g'ridan-to'g'ri olib ko'rsatilmaydi. 

"Borussiya D" muxlislari jamoani qo'llab-quvvatlashni boshlab yuborishgan

"Signal Iduna Park"ga muxlislar tashrifi davom etmoqda


Levandovski "Signal Iduna Park"ga kirib kelmoqda

"Real" tarkibi ko'rinishi

"Borussiya D" tarkibi joylashuvi



Assalomu aleykum qadrli futbol muxlislari! Bugun Evropa CHempionlar ligasi, chorak final javob bahsi "Borussiya D" - "Real" o'yini bo'lib o'tadi. Saytimizda ushbu bellashuvdan matnli onlayn translyaciyani amalga oshiramiz. Bu super o'yinni SHahboz Beg'amov onlayn tarzda sharhlab boradi. 

- Uchrashuv soat 23:45da boshlanadi.
- Bu jamoalar o'rtasidagi dastlabi o'yinda "Real" 3:0 hisobida g'alaba qozongandi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика