"Real Madrid" o'z stadionida o'tadigan ikki kunlik koncertdan deyarli 10 million evro ishlaydi
31 may 01:12
Yangiliklar
"Real Madrid" o'z stadionida o'tadigan ikki kunlik koncertdan deyarli 10 million evro ishlaydi
"Qirollik klubi" futbolga aloqasi bo'lmagan faoliyatlarda ham yaxshigina pul ishlamoqda.
"Real Madrid" klubi mashhur xonanda Teylor Sviftning "Santyago Bernabeu"dagi ikki kunlik koncertidan 9 mln evrodan ko'proq daromadi ko'radi.
29 may kuni "Real"ning uy stadionida qo'shiqchining Evropa turidan o'rin olgan ilk koncerti o'tkazildi. Yana bir koncert esa 30 may kuniga rejalashtirilgan.
Marca nashrining xabar berishicha, "Real Madrid" ushbu koncertlardan tushgan 70% foydani o'ziniki qiladi. Ikkala koncertdan tushadigan foyda tahminan 13 mln evroni tashkil qiladi. SHu tariqa, "Real" klubi o'z stadionida o'tgan ikki kunlik "tomosha"dan 9.1 mln evro ishlaydi.
Fikrlar