So’nggi yangiliklar

01:15"Қизилқум" ўз футболчиси билан шартномани узайтирди  0 00:25“Навбаҳор”: Бенжамин Тейди билан шартнома узайтирилди  0 23:58"Динамо" Фрайдей билан хайрлашди  1 23:31АПЛ. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда "Астон Вилла"га мағлуб бўлди  23 23:24Бундеслига. Сенсация қайд этилмади, "Бавария" меҳмонда йирик ғалабага эришди  0 23:01"Навбаҳор" Мирсаидов билан шартномани узайтирди  2 22:50"Бухоро": Александр Хомяков билан ҳамкорлик давом эттирилади  6 22:28Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди  78 21:41Флорентино Перес Клоппни "Реал"ни бошқаришга кўндирмоқчи  11 21:00Мастантуоно “Реал”дан кетиши мумкин?!   2 20:08БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" 5 та гол урилган ўйинда ўйинда мағлубиятга учради, Ғаниевдан ассист  4 19:55Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Жирона"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 19:01ОФК Миллатлар лигаси ташкил этилмоқда  21 18:32Мауро Икардига Ла Лиганинг икки клуби даъвогарлик қилмоқда  4 17:58"Реал" "Бавария" юлдузини ўз сафига қўшиб олмоқчи. Мадридликларнинг бу борада икки рақиби бор  1

"Real Madrid" akademiyasi menejerlari Toshkentga tashrif buyuradi Yangiliklar

"Real Madrid" akademiyasi menejerlari Toshkentga tashrif buyuradi

Jahonning eng kuchli klublaridan biri "Real" akademiyasi menejerlari poytaxtimizga tashrif buyurishadi.

Xabaringiz bor, 2018 yilning yanvar oyida O'zbekiston Milliy Olimpiya Qo'mitasi prezidenti va O'zbekiston futbol Associaciyasi 1-vice prezidenti Umid Ahmadjonov Ispaniyaga tashrif buyurib, "Real Madrid" klubi akademiyasi direktori Xulio Ronko bilan uchrashuv o'tkazgan edi.

Ushbu uchrashuvda "Qirollik klubi"ning Real Madrid Foundation Clinic dasturi asosida O'zbekistonda "Real Madrid" klubining futbol maktabini ochish, "Real Madrid"da faoliyat yuritayotgan murabbiylarni O'zbekistonga olib kelish, ular ishtirokida futbol maktablarimizda mashg'ulotlar o'tkazish, futbolchilar bilan ishlash jarayonlari haqida o'z tajribalari bilan o'rtoqlashish bo'yicha kelishuv imzolangan edi.

SHuningdek, Real Madrid Foundation va O'FA o'rtasida imzolangan Real Madrid akademiyasing “Clinics” dasturi doirasida O'zbekiston va Ispaniyada bolalar va murabbiylar kursini o'tkazish bo'yicha ham hamkorlik kelishuviga erishilgan.

Ushbu kelishuvga asosan joriy yilning 22 may kuni yurtimizga “Qirollik klubi” akademiyasining menejerlari Andres Antonio hamda Xuan Pablolar tashrif buyurishadi.

Tashrif doirasida O'zbekiston futbol Associaciyasi rahbariyati bilan uchrashuv, matbuot anjumani hamda Real Madrid Foundation Clinic dasturi bo'yicha tashkil etilayotgan futbol akademiyasi binolari barpo etiladigan joy bilan tanishuv tadbirlari bo'lib o'tadi.

“Clinics” dasturi bo'yicha Toshkentda bolalar murabbiylari uchun o'quv kurslari iyun oyidan boshlanishini ham takidlab o'tish kerak.

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика