“Real Madrid“ 60 million evrolik transfer bo'yicha kelishuvga erishdi (Fabricio Romano)
15 may 09:19
Yangiliklar
“Real Madrid“ 60 million evrolik transfer bo'yicha kelishuvga erishdi (Fabricio Romano)
“Bornmut“ himoyachisi Din Xyoysen faoliyatini “Real Madrid“da davom ettiradi.
Bu haqida Fabricio Romano xabar bermoqda. “Qirollik klubi“ 20 yoshli futbolchi uchun Angliya jamoasiga 60 million evro to'laydi. Ushbu summaning 10 foizi “Yuventus“ga va yana 5 foizi “Malaga“ hisob raqamiga o'tadi. Qayd etilishicha, Madridning “Real” klubi Xyoysen uchun kurashda Londonning “Chelsi” va “Liverpul” klublarini mag'lub etdi.
Avvalroq, 20 yoshli futbolchi “Real“ga o'tishga qaror qilgani va boshqa klublarning takliflarini rad etayotgani haqida xabar berilgandi.
Joriy mavsum Din Xyoysen 34 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 3 ta gol va 1 ta golli uzatma bor.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar