So’nggi yangiliklar

10:20АПЛнинг ХХI асрдаги энг яхши мураббийлар рейтинги тузиб чиқилди  1 09:47Тен Хагнинг ўрнига МЮни бошқариш учун асосий номзод маълум  3 09:10"Ман Сити" қишда Родрининг жароҳат олгани сабабли 60 миллионлик трансферни амалга оширади  0 08:35Суперлига. Барча даврларнинг энг яхши тўпурари ким? Черан 10-ўринга кўтарилиб олди  5 07:53Аббосбек Файзуллаев РПЛда тур рамзий жамоасидан ўрин олди  3 07:23Про лига. Бугун 22-турнинг сўнгги учрашуви бўлиб ўтади  1 01:17"Реал" Карвахаль ўрнига ҳимоячи сотиб оладими?  0 00:31Пол Скоулз: "Тен Хагнинг баҳоналари тугаб боряпти"  7 00:00"Олтин тўп" соҳиби Диего: "Беш ой олдин оёғимни операция қилдирдим. Ўзбекистонга келганимда, чап оёғимни ишлатолмасдим"  0 23:50"Шаҳарликлар" ҳужумга ўтди. "Манчестер Сити" АПЛда компенсация талаб қилмоқчи  1 23:28Марсель: "Олтин бутса"ни қўлга киритиш энг катта орзуларимдан бири эди. Бироқ ундан ҳам юқори мақсадим бор эди"  0 23:15Леандро Лино: "Жаҳон чемпионатигача жуда кўп меҳнат қилдик ва бу ўз самарасини берди"  0 22:58Алан Бранди: "Ҳакамлар ҳақида гапирмоқчи эмасман. Нима бўлганини ҳамма кўрди"  4 22:44"Манчестер Сити" судда АПЛни мағлуб этди  7 22:42Пабло Таборда: "Мағлубиятга қарамай, бошимизни баланд кўтарган ҳолда Ўзбекистонни тарк этамиз"  0

"Real" - "Liverpul" uchrashuvi haqida siz bilishingiz kerak bo'lgan 5 malumot Yangiliklar

"Real" - "Liverpul" uchrashuvi haqida siz bilishingiz kerak bo'lgan 5 malumot

Teglar :  LiverpulReal
Yana bir necha kunlardan keyin butun dunyoning etiborida turadigan bahs bo'lib o'tadi.

UEFA CHempionlar ligasi finaliga ham oz qolmoqda. Jurnalistlar, muxlislar, umuman olganda butun dunyo bahs o'tadigan kunni sabrsizlik bilan kutishmoqda.

Biz sizlarga ushbu final haqida malumot beramiz.

"LIVERPUL" 11 YIL DEGANDA FINALGA CHIQDI

"Liverpul" ancha vaqtdan buyon sovrin qo'lga kiritmadi. Jamoa Brendan Rojers vaqtida APL chempionligini qo'lga kiritishga yaqin kelgandi, biroq kichik muammo sababli sovringa ega chiqilmadi.

Mersisaydliklar ECHLda bundan 13 yil avval yorqin natijani qayd etgandi. O'shanda "Milan" uchun triller kabi tugagan filmda APL jamoasi g'alabaga erishgandi. Oradan 2 yil o'tibYU "Liverpul" ECHL finalida mag'lubiyatga uchradi.

Ayni damda jamoa tarkibida Luis Suares, Filippe Koutino kabi kabi futbolchilar o'ynamayapti. Biroq jamoa ularsiz ham gigant jamoa nomini saqlab qola oldi.

Yurgen Klopp o'z ambiciyalari bilan jamoaga katta yordam berdi. Germaniyalik mutaxassis jamoani raqobatbardosh qilib "tarbiyaladi“.

Xo'sh, "Liverpul" o'zining ECHL finalidagi so'nggi mag'lubiyati alamini oladimi? Yoki "Real" ketma ket uchinchi bora sovrinni qo'lga kiritadimi?

"REAL" REKORD O'RNATIB BO'LGAN

So'nggi 5 yilni hisobga oladigan bo'lsak, "Real" ECHLda eng yaxshi ko'rsatkichni qayd etmoqda.

Bir vaqtlar "Real" kabi natijani Arrigo Sakki boshchiligidagi "Milan" qayd etgandi. Jamoa 1989 va 1990 yillarda ketma ket ikki marta UEFA chempionlari kubogi g'olibligiga erishgandi.

"Real" esa ketma ket uchinchi marta finalga chiqib, barcha rekordlarni buzib tashladi. SHuningdek, jamoa so'nggi 5 yilda to'rtinchi marta finalga chiqdi. Bu ishni ham hali birorta jamoa uddalay olmagan.

Zinedin Zidan boshchiligidagi "Real" allaqachon rekord o'rnatib bo'lgan. Agarda g'alabaga erishiladigan bo'lsa, "Real" ECHLda ketma ket uch marta g'oliblikka erishgan yagona jamoaga aylanadi.

O'ZARO O'YINLARDAGI USTUNLIK "LIVERPUL" TOMONIDA

Tomonlarning o'zaro o'yinlari statistikasiga qaraydigan bo'lsak, "Liverpul"da kichik ustunlik borligini ko'ramiz.

O'tkazilgan 5 bahsda hisob quyidagicha: 3:2. Dastlabki, uch o'yinda "Liverpul"ning (1:0, 1:0, 4:0) qo'li baland kelgan bo'lsa, so'nggi ikki uchrashuvda madridliklarning (3:0, 1:0) g'alabasi qayd etilgan. Gollar urishdagi nisbat ham "qizillar" foydasiga: 6:4.

Ammo natijalar o'tmishda qolib ketgan. 26 may kungi uchrashuvda hech qanday statistikaga etibor berilmaydi. Ikki tomon ham g'alaba qozonishga intiladi. "Real" ketma ket uchinchi, "Liverpul" esa 13 yildan keyin ilk ECHL sovrinini qo'lga kiritish uchun qattiq harakat qiladi.

KLOPP "REAL"GA QARSHI O'TGAN SO'NGGI O'YINIDA G'ALABAGA ERISHGAN

Statistikalarga to'xtaladigan bo'lsak, Yurgen Klopp xalqaro maydonlarda "Real"ni eng ko'p mag'lub etgan murabbiy hisoblanadi.

U Ispaniyaning grand jamoasi ustidan 6 bora g'alabaga erishgan. Klopp 2013 yilda uning jamoasi "Borussiya" ECHL finali ostonasida "Real"ga qarshi maydonga tushgan. Unda dortmundliklarning qo'li baland kelgan va finalda "Uembli"da "Bavariya"ga qarshi bahs olib borgan.

Xo'sh, Kievdagi o'yin uchun ham Kloppning rejalari bormi? U uzoq yillik tanaffusdan keyin "Liverpul"ga sovrin taqdim eta oladimi?

G'OLIB TOMON ETAKCHISI "OLTIN TO'P"NI QO'LGA KIRITISHI MUMKIN

Saloh "Liverpul"ga kelganidan keyin jamoa uchun bir mavsumning o'zida 44 gol urdi va 16 golga assistentlik qildi.

So'nggi yillarda Salohga o'xshagan futbolchi chiqmayotgandi. Yani, Ronaldu va Messiga jiddiy raqobat qiladiganlar topilmayotgandi. Ko'pchilik muxlislar uning "Oltin to'p"ning sohibi bo'lishini istashayotgani aniq. Biroq bu ko'proq ECHL finaliga bog'liq.

Agarda finalda "Real" g'alabaga erishadigan bo'lsa, katta ehtimol bilan Ronaldu “Ballon d’Or”ning egasiga aylanadi va sovrinni qo'lga kiritish borasida etakchi bo'lib oladi.

Mirjalol Normatov tarjimasi

Reyting: +39   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика