"Real" keyingi bahsda chempionlikni nishonlashni xohlamayapti
06 may 21:21
Yangiliklar
"Real" keyingi bahsda chempionlikni nishonlashni xohlamayapti
"Real" taqdirlash marosimini boshqa muddatda o'tkazmoqchi.
Madrid klubi LaLiganing 34 ta turida 87 ochko to'plab, muddatidan avval chempionlik masalasini hal qildi. Ispaniya Qirollik futbol federaciyasi ularga liga bosh sovrinini 11 may kuni - "Granada"ga qarshi bahsdan avval yoki keyin topshirmoqchi edi.
Biroq "Real" taqdirlash marosimini 14 mayga ko'chirishni so'radi - klub o'sha kuni "Santyago Bernabeu"da "Alaves"ni qabul qiladi. Madridliklar bu ishni "Granada"ga hurmat yuzasidan qilishmoqda. Ushbu klub navbatdagi turda LaLigani tark etishi mumkin. "Qirollik klubi"dagilar ligani tark etishi mumkin bo'lgan klub stadionida bayram uyushtirmoqchi emas.
Fikrlar