"Real" futbolchisiga tarixdagi eng katta maoshni taklif qilishdi
02 noy 2024 13:15
Yangiliklar
"Real" futbolchisiga tarixdagi eng katta maoshni taklif qilishdi
Vinisius yozda Saudiya klubidan katta taklif olgan edi. Braziliyalikka 5 yillik bitim uchun 1 milliard evro vada qilishgandi. Agar u shartnomaga imzo cheksa, futbol tarixidagi eng katta maosh oluvchi futbolchiga aylanar edi.
Malumotlarga ko'ra, Saudiya Arabistoni hukumati delegaciyasi futbolchini "Al Hilol"ga o'tishga ko'ndirish uchun Madridga tashrif buyurgan. Braziliyalikka yangi loyiha taqdim etildi va 4 yillik bitim hamda "futbol tarixidagi eng katta maosh" taklif etildi. Vinisiusni liganing yuzi va 2034 yil Saudiya Arabistonida o'tadigan jahon chempionatining ramziga aylantirishmoqchi.
Evropaning bir nechta boy klublari ham vaziyatni kuzatmoqda. "Real" "Mbappe voqeasi" takrorlanishini xohlamayapti, biroq Vinisiusning "Qirollik klubi" bilan shartnomasi 2025 yilning yozida yakuniga etadi.
Braziliyalik futbolchi o'zini Osiyoda sinab ko'rishga tayyor, ammo bu ishni 2026 yildan so'ng amalga oshirish haqida o'ylayapti.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
10 ўйинда 12 гол: Роналду яққол тўпурар
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar