"Real" endi Ronaldu uchun "Yuventus"dan yanada ko'proq pul talab qilmoqda
07 iyu 2018 14:44
Yangiliklar
"Real" endi Ronaldu uchun "Yuventus"dan yanada ko'proq pul talab qilmoqda
"Real" prezidenti Florentino Peres jamoa hujumchisi Krishtianu Ronalduning "Yuventus"ga o'tishga bo'lgan munosabatidan norozi bo'ldi.
Madrid klubi rahbari futbolchini 100 mln. evroga sotish bo'yicha jentelmenlik kelishuvidan voz kechdi.
Malumotlarga ko'ra, endi Peres portugaliyalik uchun 150 mln. evro talab qilmoqda va 130 mln. evrodan kam bo'lgan takliflar uchun muzokara o'tkazishni istamayapti. SHunga qaramasdan "Yuventus" Ronalduni yozda sotib olishga ishonmoqda.
Oldinroq, Ronaldu "Yuventus"ga o'tishga yaqinligi xabar berilgan edi. Yangiliklarda Turin klubi futbolchini bugun, 7 iyul kuni tanishtirishi malum qilingan.
Fikrlar