"Real" De Xea uchun Beyldan voz kechishga tayyor
21 mar 2018 11:07
Yangiliklar
"Real" De Xea uchun Beyldan voz kechishga tayyor
"Real" klubi prezidenti Florentino Peres "Manchester Yunayted" bilan futbolchi almashishga tayyor.
"Marca" nashri xabariga ko'ra, "qirollik klubi" rahbarlari "Yunayted" darvozaboni David De Xeani transfer qilish uchun Garet Beyldan voz kechishga tayyor. Peres almashishni mablag'ga to'lamaslikka olib bormoqchi.
"Real" ancha vaqtdan buyon ispaniyalik darvozabonni vataniga qaytarishga harakat qilmoqda. De Xea 2011 yilda "Atletiko"dan MYUga 20 mln evro evaziga transfer qilingandi.
Fikrlar