Bunaqasi "Real" bilan faqatgina 1932 yilda sodir bo'lgandi
02 iyu 11:46
Yangiliklar
Bunaqasi "Real" bilan faqatgina 1932 yilda sodir bo'lgandi
"Real" mag'lubiyatlar soni bo'yicha eng yaxshi mavsumini o'tkazdi.
Karlo Anchelotti jamoasi ushbu mavsumda atigi ikki bor mag'lubiyatga uchradi. Uni ikki safar ham "Atletiko" mag'lub etdi: 24 sentyabr kuni La Ligada, 18 yanvar kuni Ispaniya kubogida.
Madridliklar tarixda faqatgina bir bor mavsumni ikki mag'lubiyat bilan tugatishgan – 1932 yilda. SHu bilan birga, "Real" o'shanda atigi 30ta o'yin o'tkazgan, hozir esa 55ta.
Fikrlar