"Real" Bellingemdan Fernandesga o'tdi
30 noy 2022 14:03
Yangiliklar
"Real" Bellingemdan Fernandesga o'tdi
Endi "qirollik klubi" Angliya terma jamoasi azosi o'rniga bor etiborini argentinalik yarim himoyachi Enco Fernandesga qaratadi. 19 yoshli Jud Bellingem Madrid klubi uchun ancha vaqtdan buyon ustuvor vazifa sifatida qarab kelinayotgan edi. Biroq bir qator ingliz klublarining qiziqish bildirishi va raqobatda "Liverpul"ning qo'li baland kelayotgani "Real"ni boshqa muqobil variant topishga undadi. Qolaversa, Bellingem transferi 100 mln evrodan ancha ortib ketishi kutilmoqda.
21 yoshli Fernandes Argentina terma jamoasi safida mundialning ikkala o'yinida ham ishtirok etdi va Lionel Messi 2006 yilda o'rnatgan Jahon chempionatida gol urgan eng yosh argentinalik nomini o'ziniki qildi. Enco o'tgan yozda "River Pleyt"dan atigi 10 mln evroga "Benfika"ga o'tgandi.
U joriy mavsum Portugaliya jamoasi uchun 3 ta gol urdi va 6 ta assist qayd etdi. Jahon chempionatidagi harakatlari tufayli futbolchi top-klublar etiborini tortdi va hozirgi jamoasi uning transferidan 100 mln evro atrofida foyda ko'rmoqchi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar