“Real” Bellingem uchun 100 million evrodan ko'proq mablag' sarflashga tayyor
30 dek 2022 21:09
Yangiliklar
“Real” Bellingem uchun 100 million evrodan ko'proq mablag' sarflashga tayyor
Dortmundning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Jud Bellingem uchun transfer bozorida qizg'in kurash kechmoqda.
Angliyalik futbolchiga "Real Madrid" jiddiy qiziqish bildirmoqda. Manbaning xabariga ko'ra, Madrid grandi Bellingem uchun 100 million evrodan ham ko'proq pul sarflashga tayyor.
Qayd etilishicha, “Real Madrid” vakillari allaqachon Jud Bellingem vakillari bilan yaxshi suhbat o'tkazgan.
SHuningdek, 19 yoshli yarim himoyachini "Liverpul", "Manchester Siti", "Manchester Yunayted" va "CHelsi" klublari diqqat bilan kuzatmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar