Real – Barselona. Uchrashuvni Borbalan boshqaradi
18 noy 2015 08:17
Yangiliklar
Real – Barselona. Uchrashuvni Borbalan boshqaradi
Ispaniya ligasi hakamlar qo'mitasi 12-turdan o'rin olgan Real – Barselona uchrashuviga David Fernandes Borbalan boshchiligidagi hakamlar guruhini tayinladi.
42 yoshli hakam uchrashuvni boshqarish uchun eng asosiy davogar edi, hakamlar qo'mitasi Borbalanning jismoniy holatini inobatga olib aynan uni tanladi.
El Klasikoni Antonio Migel Mateu Laos va Karlos Klos Gomes kabi hakamlar ham boshqarishi mumkin edi. Bu Borbalan uchun uchinchi klasiko bo'ladi. 2011 yil Ispaniya Superkubogi doirasidagi Barselona – Real (3:2) va o'sha yilning dekabr oyida Ispaniya chempionati doirasidagi Real – Barselona (1:3) o'yinlarida hakamlik qilgan.
Real – Barselona uchrashuvi 21 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 22.15da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Ньюкасл" "Камп Ноу"да зор йиғлаган кеча ёхуд "Барселона" чорак финалда!
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" бу мавсум ҳам "Манчестер Сити"ни мағлуб этиб, чорак финалга йўл олди
"Пахтакор" Суперкубок ҳакамлиги бўйича ОФКга мурожаат қилмоқчи
Суперлига. "Андижон" ўз майдонида бир киши кам "Машъал"дан устун келди
Fikrlar