"Real" - "Barselona" bahsi tufayli hakam policiyaga murojaat qilishdan qo'rqyapti
22 okt 2015 10:45
Yangiliklar
"Real" - "Barselona" bahsi tufayli hakam policiyaga murojaat qilishdan qo'rqyapti
Ispaniyalik advokat Xasinto Visentening so'zlariga ko'ra, u "Real" va "Barselona" o'rtasidagi uchrashuvda ishlaydigan hakamlar brigadasiga Ispaniya referilar associaciyasi bosim o'tkazishga urinayotganini bilib qolgan.
"Real" va "Barselona" o'rtasidagi bahs 21 noyabr kuni Madridda bo'lib o'tadi.
"Bir kishi menga muammolarga ega hakam borligini va u men bilan suhbatlashmoqchi ekanligini aytib qoldi. Demak, bu hakam Barselonadan emas. U bilan uchrashdim. Hakam menga sodir bo'lgan voqea haqida so'zlab berdi va buni ommaga oshkor etishimni so'radi. Uning fikricha, bu yo'l bilan futbolni tozalab, yopiq tizimni o'zgartirish mumkin ekan. Men unga ommaga oshkor qilish eng yaxshi yo'l emasligini aytdim. Policiyaga murojaat qilishni maslahat berdim, ammo u bundan qo'rqadi, chunki ishidan ayrilishni xohlamaydi. 19 oktyabr kuni o'zim policiya bilan bog'landim" - deydi Visente.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Ньюкасл" "Камп Ноу"да зор йиғлаган кеча ёхуд "Барселона" чорак финалда!
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" бу мавсум ҳам "Манчестер Сити"ни мағлуб этиб, чорак финалга йўл олди
"Пахтакор" Суперкубок ҳакамлиги бўйича ОФКга мурожаат қилмоқчи
Суперлига. "Андижон" ўз майдонида бир киши кам "Машъал"дан устун келди
Fikrlar