Rays Konferenciyalar ligasida mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topildi
08 iyu 2023 22:03
Yangiliklar
Rays Konferenciyalar ligasida mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topildi
"Vest Xem" yarim himoyachisi Deklan Rays Konferenciya ligasida mavsumning eng yaxshi futbolchisi bo'ldi.
Ingliz klubi finalda “Fiorentina”ni mag'lub etib (2:1), turnir g'olibiga aylandi. UEFA texnik kuzatuvchilar komissiyasi "bolg'achilar" sardori Raysni turnirning eng yaxshi futbolchisi deb tan oldi.
24 yoshli futbolchi Konferenciya ligasi doirasida 11 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol urdi va shuncha golli uzatmani amalga oshirdi. Uning uzatmalarining aniqligi 92,6 foizni tashkil etgan.
Avvalroq Raysning "Vest Xem"dagi oxirgi uchrashuvini o'tkazgani haqida xabar bergandik.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади
Fikrlar