So’nggi yangiliklar

19:18Кроос "Реал"га қайтяпти  2 19:05Суперлига. "Динамо" - "Навбаҳор" 0:1 (матнли трансляция)   6 18:45Ўзбекистон терма жамоасининг машғулоти Сречко Катанец назорати остида ўтади  19 18:25Про лига. Бешимовнинг голи "Қўқон-1912"га ғалаба тақдим этди  2 17:26Пранкер ўйиндан олдин МЮ кийиниш хонасига эшитиш мосламаси ўрнатди  3 16:29Коул Палмер: "Месси ёки Роналду?"  11 14:19Тебас: "ЛаЛига ва АПЛ ФИФАни судга бермоқчи"  3 13:46Балотелли: "А Серияни "ёриб" ташлайман"  6 13:13"Барселона" ФИФАдан 6,3 млн. евро олади  2 12:23Антонио Кассано: "Мен ҳеч қачон ичмаганман ва чекмаганман. Фақат битта ёмон одатим бўлган: очкўзлик"  5 12:06"Навбаҳор" собиқ устози: "Тухель Саутгейтдан кўра мосроқ"  4 11:29БАА бош мураббийи: "Ўзбекистонга қарши қийин ўйин кутиб турибди"  17 11:07Биласизми? Ўзбекистон - БАА учрашувини Осиё кубоги финалида 3та пенальти белгилаган ҳакам бошқаради  26 10:41Клоппнинг "Ред Булл"даги ойлиги маълум   1 10:17Лионель Месси Ўзбекистон ёшлари билан кўришди. Муҳаммадали Ўринбоев эса "жек"ни урди   8

Rayola: "Lukakuning onasi futbol o'yinlariga o'g'lining pasporti bilan borardi" Yangiliklar

Rayola: "Lukakuning onasi futbol o'yinlariga o'g'lining pasporti bilan borardi"

"Manchester Yunayted" hujumchisi Romelu Lukakuning agenti Mino Rayola futboldagi irqchilik haqida gapirib berdi.

"Odamlar futbolda kamsitish yo'q deb o'ylashadi. Qora tanlilar doimo kamsitiladi va bu atayin amalga oshiriladi. Xatto bilib-bilmay ham haqorat qilishadi. Masalan, odamlar mendan nomalum qora tanli futbolchilar haqida so'rashganda, shunday deyishadi: "U Balotelliga o'xshaydimi? Pogbagachi? Lukakugami?" Ular hech qachon u Ibra, Toyvonen yoki Bekxemga o'xshashi haqida so'rashmaydi.

Qora tanli futbolchilar yosh bo'lsa, ular muvaffaqiyatga erishishlari uchun oq tanlilardan ko'proq harakat qilishlariga to'g'ri keladi. Qora tanlilar boshqalardan jismonan kuchliroq degan gaplar yuradi. Bu ham noto'g'ri, kamsitish.

Lukakuning onasi bilan suhbatlashganman. U yoshlar jamoasidagi o'yinlarga o'g'lining pasporti bilan borishiga to'g'ri kelgan. U doimo boshqa ota-onalar bilan bahslashib, o'g'lining yoshi o'zgartirilmagani haqida janjal qilardi. U Belgiyada tug'ilgan, ammo ko'pchilik yolg'on malumot tarqatib, Lukaku Afrikada dunyoga kelgan deyishadi" - deydi Rayola.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика