So’nggi yangiliklar

17:50"Манчестер Сити" юлдузи "Галатасарой"га ўтиши мумкин  0 17:15"Реал" Родригони 100+ млн еврога сотишга тайёр. Футболчига АПЛнинг икки клуби қизиқиш билдирмоқда  3 16:50"TNT Sports" "Олтин тўп" учун асосий даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  11 16:25Обамеянг собиқ жамоасига қайтмоқда  0 16:00МТЖни мундиалга ким олиб бориши керак?  27 15:41Тен Хаг: "Мавсумолди йиғиндаги натижаларга тупурдим"  3 15:26Андрей Лунин "Реал"даги келажагини ҳал қилди  0 14:40Тома Табатадзе "Нефтчи" билан ҳайрлашди  7 14:10"Фенербахче" ПСЖ ҳимоячисини сотиб олади  0 13:34"Реал" мухлислари учун хушхабар  2 12:58Мадуэке: "Арсенал" билан иштирок этадиган барча мусобақаларимда ғолиб чиқишни истайман"  1 12:27ПСЖ "Ювентус" юлдузини нишонга олди  1 11:47"Милан" ПСЖ футболчисига даъвогарлик қилмоқда  0 11:20Кападзе, Лёв, Билич – кимнинг ўйин услуби Ўзбекистонга мосроқ?  48 10:29"Динамо" Беларусда учта ўртоқлик ўйини ўтказади  2

Endi oliy ligani barcha o'yinlarini to'g'ridan-to'g'ri ko'ramizmi? Yangiliklar

Endi oliy ligani barcha o'yinlarini to'g'ridan-to'g'ri ko'ramizmi?

Ravshanxon Djuraev O'FF Ijroiya Qo'mitasining yangi azosi sifatida tasdiqlandi.

O'zbekiston Futbol Federaciyasi majlislari zalida bugun, 30 oktyabr kuni O'FF Prezidenti Umid Ahmadjonov ishtirokida navbatdan tashqari yig'ilish bo'lib o'tdi. 

Unda O'FF Ijroiya Qo'mitasining yangi azosi tasdiqlandi.

O'zbekiston Futbol Federaciyasining Ustavi 33-moddasi 7-bandiga asosan Ijroiya Qo'mitasining vakant bo'lib qolayotgan o'rnini to'ldirish uchun UzReport axborot agentligining Bosh direktori Djuraev Ravshanxon Ergashovichning nomzodi qo'mita azolari tomonidan maqullandi.

Djuraev Ravshanxon Ergashovich O'FF Ijroiya Qo'mitasining yangi azosi sifatida navbatdagi Konferenciyada keyingi muddat uchun saylovga qo'yiladi.

“Bildirilgan ishonch uchun minnatdorman. Umid qilamanki, bo'lajak ishlarimiz mamlakatimizda futbol rivoji uchun hissa qo'shadi”, – dedi Ravshanxon Djuraev.

“Ravshanxon Djuraevni O'FF Ijroqo'mi azosi etib tasdiqlangani bilan tabriklayman”, – dedi O'FF Prezidenti Umid Ahmadjonov. “UzReport axborot agentligi O'FF Marketing boshqarmasi va O'zPFL bilan hamkorlikda katta loyihalarni amalga oshirishiga umid qilaman”.

Ravshanxon Djuraev 1971 yil 23 fevral kuni tavallud topgan. Malumoti oliy. 1994 yili Toshkent davlat universitetini tamomlagan. Faoliyati davomida bir qator tashkilotlarda rahbarlik lavozimlarida ishlab kelgan. 2010 yildan buyon UzReport axborot agentligi Bosh direktori lavozimida faoliyat yuritmoqda.
UzReport axborot agentligi 1999 yilda tashkil topgan. 2014 yili agentlik qoshida UzReport TV, 2017 yili esa Futbol TV telekanallari tashkil qilindi. Futbol bo'yicha Anlgiya va Ispaniya chempionatlari, shuningdek, Evropa CHempionlar Ligasi va Evropa Ligasi o'yinlari translyaciyasi huquqini xarid qilgan telekanal mazkur uchrashuvlarni jonli ravishda muxlislar etiboriga havola etmoqda.

Malumot uchun, O'FF Ijroiya Qo'mitasi tarkibi 11 kishidan iborat. Quyida Ijroqo'mning to'liq tarkibi bilan tanishish mumkin.

O'FF Ijroiya Qo'mitasi tarkibi
1. Umid Ahmadjonov – O'FF Prezidenti
2. SHoakrom Isroilov – O'FF Birinchi vice-prezidenti
3. Achilbay Ramatov – O'FF vice-prezidenti
4. Po'lat Bobojonov – O'FF vice prezidenti
5. Rustam Qurbonov – O'zbekiston jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasi raisi
6. Bobur SHodiev – “Paxtakor” FK prezidenti
7. Murod Aliev – “Bunyodkor” FK Bosh direktori
8. Mansur Rajabov – “Lokomotiv” FK prezidenti
9. Komil Yarashev – O'zbekiston Davlat jismoniy tarbiya instituti rektori
10. Narimon Jalolov – O'zbekiston futbol faxriylari kengashi raisi
11. Ravshanxon Djuraev – UzReport axborot agentligi Bosh direktori



Makzur muzokaradan xulosa qilish mumkin-ki, endi oliy liga o'yinlarini biz "Futbol TV" va "Sport TV"da to'g'ridan-to'g'ri ko'rish imkoniyatiga ega bo'lamiz.

Reyting: +42   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика