So’nggi yangiliklar

01:55Лига 1. Хвичанинг дубли ПСЖга "Осер" устидан ғалабани тақдим этди  0 01:14"Ливерпуль" янги битимни эълон қилди  1 00:47Баҳром Ҳайдаров: "Иккита мағлубиятдан сўнг фожиа ясаш нотўғри"  1 00:45Гвардиола мавсумда 16 та ўйинда мағлуб бўлди. "Ман Сити" устози фаолиятидаги антирекордни янгилади  4 23:38Рўзиқул Бердиев: "Қўқон-1912" анча курашувчан жамоа эканлигини билардик"  4 23:30Саудия Арабистони чемпионати. "Ал Файҳа" сўнгги дақиқаларда урилган голлар эвазига "Ал Ухдуд"ни мағлуб этди, Шукуров 90 дақиқа ўйнади  1 22:46Суперлига. "Шўртан" мавсумдаги илк ғалабасини бир киши кам бўлиб қолган "Андижон" устидан қўлга киритди  79 22:31Англия кубоги. "Манчестер Сити" финалда "Кристал Пэлас"га мағлуб бўлиб, жорий мавсумда соврин ютиш имкониятини қўлдан чиқарди  84 21:51Вадим Абрамов: "Жуда ёмон ўйин намойиш этдик. Мухлислардан узр сўрайман"  3 21:31Улуғбек Бакаев: "Мағлубиятли сериядан сўнг қайд этилган дурангни яхши натижа деб ҳисоблайман"  9 21:20"Ливерпуль" 35 млн евролик трансферни амалга оширмоқда  4 20:57Суперлига. "Қўқон-1912" ўз майдонида "Насаф"га мағлуб бўлди   28 20:42Германия Бундеслигасида 2024/25 йилги мавсум якунланди  3 20:38РПЛ. "Рубин" меҳмонда учта тўп ўтказиб, мағлубиятга учради, Ашурматов бу сафар ҳам захирада қолдирилди  2 20:00Суперлига. Захирадан тушганлар ўзини кўрсатган "Бухоро" – "Динамо" ўйинида жанговар дуранг қайд этилди  24

Ravshan Haydarov: "Xalqimiz bizdan chempionlikni kutmoqda" Yangiliklar

Ravshan Haydarov: "Xalqimiz bizdan chempionlikni kutmoqda"

Final oldidan o'yinoldi matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

 
Toshkentda bo'lib o'tayotgan U-20 Osiyo kubogining final bahsidan oldin tashkil etilgan matbuot anjumanida termamiz ustozi Ravshan Haydarov va sardori Umarali Rahmonaliev ishtirok etdi.


Ertangi o'yin haqida:

Barchaga assalomu alaykum. Avvalambor finalga qadar etib kelishimizda bizni qo'llab-quvvatlab turgan xalqimiz va muxlislarga minnatdorchilik bildiraman. Ertaga bizni muhim o'yin kutib turibdi. Mazkur uchrashuvga reja bo'yicha tayyorgarlik olib bordik, ertaga o'zimizning o'yinimizni namoyish etib, musobaqa g'olibligini qo'lga kiritmoqchimiz.

Tajriba va uning ahamiyati haqida:

Ha, men va murabbiylar shtabim bu kabi musobaqalar hamda final uchrashuvlarida avval ham ishtirok etganmiz. Bu tajriba bizga yordam beradi, buni futbolchilarga ham singdirib borishga harakat qilyapmiz. Biroq bilasiz, ertangi final boshqa tarix va biz unga masuliyat bilan tayyorgarlik ko'ryapmiz.

Biz o'tgan o'yinlar davomida juda ko'p kuch va emociya yo'qotdik. Hozirda tiklanish jarayonini davom ettirgan holda etiborimizni faqat o'yinga qaratganmiz.

Muxlislar va o'yin uslubi haqida:

Albatta, ular bizga qo'shimcha kuch bag'ishlamoqda. Biz ular bilan yanada kuchlimiz. Ertangi o'yinda ham ularni xursand qilishni niyat qilganmiz.

Hozirda jismoniy va teoretik tayyorgarlikni davom ettiryapmiz. Finalga jismoniy va ruhiy yaxshi holatda etib borish muhim hisoblanadi. Tarkibga kelsak, kim tayyor bo'lsa, o'sha maydonga tushadi.



Hujum chizig'i haqida:
Futbolda gol kiritish eng muhim narsa va bu o'ziga yarasha qiyin hisoblanadi. Ha, biz Avstraliya va Koreyaga qarshi o'yinlarda ko'plab vaziyatlar yaratdik,
biroq ularni golga aylantirishda muammolar bo'ldi.

Yakuniy nuqtani qo'yishda kamchiliklarimiz bor. Lekin oldimizda Jahon chempionatiga qadar vaqt bor. Barcha vaziyatlarni hali ko'rib chiqamiz va tahlil qilamiz. Bu yo'nalishda albatta o'z ustimizda ishlaymiz.

Jamoaning jismoniy holati haqida:
O'tgan o'yinlar shuni ko'rsatdiki, biz bu yo'nalishda to'g'ri yo'ldamiz. Murabbiylar shtabi jismoniy tayyorgarlik bo'yicha yaxshi ishlashmoqda. Aytganimdek, biz kuch yo'qotdik, biroq tiklanish jarayoni tezkorlik bilan boshlangan va hozir ham davom etmoqda. Ertaga bizga muxlislaning qo'llab-quvvatlashi, ishtiyoq va masuliyat albatta yordam beradi.

Raqib futbolchilari haqida:
Men aynan qaysidir bir futbolchini alohida ko'rsatmoqchi emasman. Ular jamoaviy yaxshi harakat qiladilar. Va biz ham rejani shunga yarasha qilamiz. Aynan bir futbolchiga qarshi emas,

jamoaga qarshi tayyorgarlik va reja tuzamiz.


Umarali Rahmonaliev
Final haqida:

Assalomu alaykum. Butun xalqimiz, muxlislar kutgan hal qiluvchi o'yinga ham oz qoldi. Biz bu musobaqaga uzoq muddat davomida tayyorgarlik olib bordik.

Ertaga katta masuliyat va ishtiyoq bilan maydonga tushgan holda borimizni berib harakat qilamiz.

Butun xalqimiz bizdan chempionlikni kutmoqda. Xudo xohlasa, uzoq kutilgan chempionlikni qo'lga kiritamiz.

120 daqiqadan iborat 2 ta uchrashuvdan so'ng jamoaning jismoniy holati haqida:
Biz ko'p kuch yo'qotdik. Lekin mutaxassislar tiklanish uchun harakatni o'yin tugashi bilanoq boshlab yuborishdi. Ular doim “orqada” ko'rinmasligi mumkin. Lekin ularning say-harakatlari bilan biz jismoniy jihatdan o'yinlarga tayyorgarlik ko'ryapmiz.





Raqib haqida:
Iroq kuchli jamoa. Ularning bir nechta chiziqlarida yaxshi futbolchilar bor. O'yindan o'yinga ochilib bormoqdalar.

Murabbiyimiz aytganidek, biz finalda boshqa Iroqni ko'ramiz.

Stadiondagi atmosfera:
Juda ajoyib. Muxlislar bizni qo'llab-quvvatlamoqdalar. Biz buni tushungan va his qilgan holda ertangi o'yinda maydonda borimizni berib harakat qilamiz.

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика