So’nggi yangiliklar

21:00Асрор Алиқулов: "Оддий вазиятда хатога йўл қўйиб гол ўтказиб юбордик"  0 20:42Месси "Камп Ноу"га келиб, стадионга кириш учун шахсан рухсат сўради  4 20:02Суперлига. "Сурхон" ўз майдонида "Шўртан"дан устун келди  16 19:50"Галатасарой" президенти Месси билан боғлиқ миш-мишлар ҳақида: "Биз бундай музокаралар олиб бориш мумкин бўлган даражага етдик"  4 19:21"Реал" Винисиус билан янги шартнома бўйича музокараларни тўхтатди  3 18:52Тимур Кападзе: "Мухлисларга доимий қўллаб-қувватлов, энергия ва жамоага бўлган ишончи учун катта раҳмат!"  13 18:35Puma Африка Миллатлар Кубоги тўпини тақдим этди  0 18:07"Барселона" бельгиялик вингерга кўз тикди  0 17:38"Барселона" "Атлетико" футболчисини Левандовскига ўринбосар деб билмоқда  3 17:12Ўзбекистон иқтидорларининг энг катта бозори — U-19 чемпионати плей-офф баҳслари эртадан старт олади  2 16:37U-17 Жаҳон чемпионати. Панамани олдин ҳам ютганмиз  4 16:14Ўзбекистон U-17 устози Исмоиловга водий жамоалари қизиқмоқда  17 15:53Мбаппе ва Винисиус ўртасидаги зиддият кучайиб бормоқда  7 15:32Ўзбекистон терма жамоасига бош ошпаз ва нутрициолог жалб этилди  7 15:16Нукус шаҳридаги "Турон" стадиони 2026 йилги мавсумга тайёр бўлади  2

Ravshan Haydarov U-20 Jahon chempionatidan oldin: "Yigitlarning ishtiyoqi baland, ularda o'zlariga nisbatan ishonch bor" Yangiliklar

Ravshan Haydarov U-20 Jahon chempionatidan oldin: "Yigitlarning ishtiyoqi baland, ularda o'zlariga nisbatan ishonch bor"

O'zbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov U-20 Jahon chempionati oldidan jurnalistlarning savollariga javob berib o'tdi.




Tayyorgarlik haqida:
Osiyo chempionatidan keyin yaxshi yig'inlar o'tkazishga erishdik. Xususan, Ispaniyadagi yig'inda Braziliya, Dominikan Respublikasi va Gibraltarga qarshi uchrashuvlar o'tkazdik. Keyinchalik reja asosida jismoniy tayyorgarlik, taktik ishlanmalar bo'yicha ish olib bordik.

JCH tashkilotchiligi haqida:

Tashkilotchilik haqida ijobiy fikrdaman. Biz turgan shaharcha biroz kichikroq, lekin eng asosiysi maydonlarning holati yaxshi.

Tarkib haqida:

Turdimurodovni yangi deb bo'lmaydi, u ko'plab yig'inlarimizda ishtirok etgan. Ayni paytda u o'zining yaxshi formasida. Hujum chizig'ini kuchaytirish maqsadida uni jalb etganmiz. Avvalgi yig'inlarda barcha futbolchilarga imkoniyat berildi, kim o'zini yaxshi ko'rsatgan bo'lsa, o'shani tarkibga kiritdik.




Argentina haqida:

Argentina bilan o'tgan yili ham o'ynaganmiz. Ularni so'nggi o'yinlarini tahlil qildik, kuchli va kuchsiz tomonlarini o'rgandik va shunga yarasha tayyorgarlik olib bormoqdamiz.

Kuchli raqib, nom yuzasidan hech qanday bosim yo'q. CHunki biz nafaqat Argentina, balki Urugvay, Braziliya ham bilan o'ynab, etarlicha tajriba to'pladik. SHu o'rinda tayyorgarlik jarayonida kuchli raqiblar bilan o'yinlar tashkil etgani uchun rahbariyatga va xalqaro aloqalar bo'limi mutaxassislariga minnatdorchilik bildiraman.

Jamoa oldiga qo'yilgan maqsad haqida:

Avval ham Jahon chempionatlarida ishtirok etganmiz. SHu sababli oldimizga oliy maqsadni qo'yganmiz, qolaversa, avvalgi ishtiroklarimizdagi natijalarimizni yaxshilashni ham maqsad qilganmiz. Bolalarning ishtiyoqi baland, ularda o'zlariga nisbatan ishonch bor. O'ylaymanki, Jahon chempionatiga tayyormiz.

Biz hozir olisdamiz, shu sababli muxlislarimizning qo'llab-quvvatlashlariga ehtiyoj sezamiz. Xalqimiz oynayi jahon orqali bizni ko'rib turganini albatta his qilamiz, ularning duolari biz uchun muhim.


Argentina U20

Alejo Veliz - 27', Valentin Carboni - 41'

World Cup U20 Grp. A . 1-tur

21/05/2023, 03:00

1
:
2
Tugadi

Uzbekistan U20

Makhmud Makhamadzhonov - 23'

45'
90'
27'  Alejo Veliz
41'  Valentin Carboni
59'  Maximo Perrone (Federico Redondo)
59'  Matias Soule (Luka Romero)
72'  Mateo Tanlongo (Ignacio Miramon)
72'  Valentin Carboni (Gino Infantino)
85'  Alejo Veliz (Maestro Puch Ignacio)
23'  Makhmud Makhamadzhonov
64'  Sherzod Esanov (Nodir Abdurazzakov)
77'  Pulatkhoja Kholdorkhonov (Rustam Turdimuradov)
85'  Diyor Ortikboev (Shakhzod Akromov)

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика